-:::_-Shera Universal PorataL-_:::-

Меню сайта
Разделы новостей
Новости--Yangiliklar [17]
Shou-Biznes Olami-Шоу-Бизнес [8]
Avtomobil Yangiliklari-Авто новости [0]
Programalar-Програмы [8]
Боевик--Jangari [0]
Мультфильм--Multiklar [0]
Сериалы--Seriallar [0]
Фантастика--Mo'jizali [0]
Ислам--Islomiy [2]
Разное--Har hil [0]
Приключения--Sarguzashli [0]
Salomatlik --Здаровие [1]
Индийские фильмы--Hindcha [2]
Документальные--Hujjatli [0]
Приколы--Prikollar [0]
Мини-чат
200
Главная » 2008 » Июнь » 25 » Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo'yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning yig'ilishi
Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo'yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning yig'ilishi
12:33
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Muvofiqlashtiruvchi kengash ish rejasiga asosan joriy yilning 15-16 may kunlari “BestSoft – Uzbekistan 2008” dasturiy mahsulotlar ko’rgazmasi va dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning milliy forumi, ixtisoslashtirilgan ish o’rinlariga vakansiyalar yarmarkasi tashkil etilgani ta’kidlandi. Ayni paytda, O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Taraqqiyot sari” teledasturi, “InfoCOM.uz” jurnali orqali AKT sohasidagi yangiliklar va ularni qo’llash istiqbollari masalalari muntazam yoritib borilmoqda. Vazirlik va idoralar tomonidan davlat axborot resurslari, davlat organlarining axborot tizimlari va interaktiv davlat xizmatlari soni va sifati yaxshilanayotgani, O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan telemeditsinani rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish maqsadida Elektron sog’liqni saqlashni rivojlantirish “UzMedInfo” markazi tashkil etilgani, axborot jamiyatini shakllantirishning dolzarb yo’nalishlari va respublikada davlat boshqaruviga elektron texnologiyalarni keng joriy etish bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruv organlari xodimlari uchun strategik trening-kurslar tashkil etish singari tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’i ZiyoNETni yanada rivojlantirish masalalari ko’rib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan Oliy va o’rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirliklariga hamda tarmoqqa ulanuvchi boshqa vazirlik va idoralarda olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi. Davlat boshqaruvi organlari, bank va moliya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari, yirik korxonalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish ishlarining ahvolini ob’ektiv mezonlar asosida tahlil qilish va baholash juda dolzarb vazifa ekanligini inobatga olib, Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan bunday baholash tizimi loyihasi o’rganib chiqildi va barcha davlat organlari, korxonalari hamda muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini muntazam ravishda tahlil qilib borishga qaror qilindi. Elektron ta’lim resurslarini yanada ko’paytirish va sifatini oshirish maqsadida hamda masofaviy ta’lim tizimlarini rivojlantirishni jadallashtirish uchun yig’ilishda Elektron ta’lim resurslari to’g‘risidagi nizom loyihasi va pedagog kadrlarning malakasini masofadan oshirish tizimini yaratish va joriy etish pilot loyihasi ko’rib
Категория: Новости--Yangiliklar | Просмотров: 1306 | Добавил: shera
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Приветствую Вас MexmoN

Календарь новостей
«  Июнь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Поиск
Друзья сайта

Diqqat!
Agarda kimda kinolar ko'rsatmasa! U holda Online kinolarni ko'rishlik uchun Mozilla Firefox yoki Opera dan foydalaning va albatta kinolarni muammosiz ko'rish sharafiga ega bo'lasiz!! 

Внимание!
У кого не загружаются фильмы, скачиваем и устанавливаем браузер  Mozilla Firefox или Opera через него все работает!!
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Copyright MyCorp © 2024