O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 13 fevral 1767-son bilan «Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qo'llagan holda to'lov tizimini tashkil qilish qoidalari» tasdiqlandi va ro'yxatga olindi. Mazkur Qoidalar O'zbekiston Respublikasining “Elektron to'lovlar to'g'risida”, “Elektron hujjat aylanishi to'g'risida”gi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 12 iyundagi 120-sonli “Elektron tijoratni amalga oshirishda to'lovlarni o'tkazishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq to'lov tizimini tashkil qilish bo'yicha asosiy qoidalarni, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari, jumladan Internet orqali axborot tizimlariga kirishda axborot xavfsizligini ta'minlash mexanizmlarini, shuningdek, to'lov tizimi sub'ektlari o'rtasida moliyaviy ma'lumotlarni o'zaro ayirboshlashda rekvizitlar tarkibini belgilaydi. Ushbu hujjat electron tijorat tizimini rivojlanishiga, electron raqamli imzodan foydalanuvchilar safini kengaytirishga, Shu bilan birga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llagan holga hizmat ko’rsatishni rivojlantirishga hizmat qiladi. Nizom O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O'zbekiston Respublikasi Milliy havfsizlik xizmati bilan kelishilgan.
|