Главная | Регистрация | Вход
-:::_-Islomiy Saxifa-_:::-
Saxifalar
Ilomiy Saxifalari
Islom Dini Haqida [4]
Islomiy Dunyo [5]
Islomiy Harhil Videolar [18]
Mashxur Qorilar Qiroati [0]
KITOBLAR [5]
Mo'jizalar [5]
Hadisi Sharif [2]
Siz Kim???
Приветствую Вас MexmoN
IzlasH
DiqqaT !!! DiqqaT !!!

Diqqat!
Agarda kimda kinolar ko'rsatmasa! U holda Online kinolarni ko'rishlik uchun Mozilla Firefox yoki Opera dan foydalaning va albatta kinolarni muammosiz ko'rish sharafiga ega bo'lasiz!! 

Внимание!
У кого не загружаются фильмы, скачиваем и устанавливаем браузер  Mozilla Firefox или Opera через него все работает!!
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Mini-ChaT
200
Bosh Saxifa » Статьи » Islom Dini Haqida

Arabcha raqslar -bu Islomiy emas !!!
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu hurmatli forumdoshlar!
Men bu mavzuda ko'pdan beri o'ylab yurardim.
Bu mavzuni ochishimga sabab shuki,Muqaddas dinimizga "arabcha raqslar" degan sharmandali raqslarni oshno qiluvchilar anchagina ekanligiga amin bo'lishimdir.
Ma'lumki, har bir millatning o'ziga xos urf -odatlari,e'tiqodi,shu e'tiqodiga ko'ra madaniyati mavjud.
Shu madaniyatlarning hammasi ham Islom madaniyatiga munosib bo'lolmaydilar.
Garchi arab diyorlaridagi turli madaniyatlar shakllanib,bir-biriga uyqosh bo'lib ketgan bo'lsada,buning mahsuli Islomiy madaniyat deb aytishga hech kimning haqqi yo'q.
Arablarni Islomga to'liq rioya etadilar deb hech kim kafolat berolmaydi.Shuningdek,agar Islom dini Arablar diyoridan dunyoga yoyilgan bo'lsada,hozirgi arablarning ajdodlari bir vaqtlar Buyuk Islom uchun jon berib, Islomning nufuzini ko'tarishda,ham amaliy ,ham nazariy hissa qo'shgan bo'lsalarda,ularning avlodlari ham xuddi o'sha paytdagi ajdodlaridek shunday qiladilar deb aytolmaymiz.
Shundan kelib chiqib,hozirgi kunning eng og'riqli nuqtalaridan bo'lib borayotgan, sahnalardagi "Arabcha raqs" deb atalmish qabohat mash'alalari to'g'risida noto'g'ri tushunchaga ega insonlarga ,to'g'ri tushuncha berishlikni o'zimizga farz deb bilsak yaxshi bo'lardi.
Sir emas,barchamiz guvohmiz,keyingi yillarda ,koncert dasturlarida,albatta repertuarni kamida bitta "arbcha raqs" bilan boyitish urfga aylandi.
Astag'furulloh, sahnada deyarli qip-yalang'och qizlar qarashga uyatli harakatlarni, xuddi hech nima bo'lmagandek ,erkin bajarib, bundan zavq olib qiyqirayotgan ayrim, "xo'rozchalarning" ," dillarini shod etadilar".
Koncertlarga aynan shu raqslar uchun tushuvchilar ham yo'q emas.
Endi tasavvur qiling, onangiz,yoki singlingiz,yoki qaysidir yaqin kishingiz bilan koncertga tushdiz, orada birdan shunaqa jirkanch sahna ko'rinishi to'g'ri keldi.Nima qilishga bosh qotib,uyatdan portlab ketgiz keb qoladi.
Achinarlisi, bu koncertlarda tasvirga tushirayotgan operatorlar, ko'pincha tomoshabimlar orasidan, hijobli, do'ppili,nuroniy kishilarni ko'proq suratga olishga harakat qiladilar. Bu menimcha shu orqali shunaqanggi bema'nichiliklarni, ommaga ijobiy ko'rsatish bo'lsa kerak.Chunki Hijobli,Do'pili insonlar kishilar nazdida eng yaxshi islomiy ilmli kishilar bo'lib tuyuladilar.Bu bema'nichiliklarni ular tomosha qilyaptilarmi,demak islomga to'g'ri kelsa kerak deb o'ylashadi.
Arabcha raqslar o'zi qaerdan olindi,qanday qilib ommalashgan bu raqs turlari.?
Payg'ambarimiz to Islomni olib kelgunlaridan oldingi zamonlarda ,bu jirkanch raqslar,ya'ni ayol avratini ko'z-ko'z qilib,halq oldida,erkaklar orasida o'ynab yurishlari odatiy hol bo'lib,uyat hisoblanmagan.
HazratiPayg'ambarimiz bu noma'qulchiliklarga Islom orqali chek qo'yganlar,va ummatlariga ayol kishining mumkin bo'lgan,va mumkin bo'lmagan haq-huquqlariyu, ishlarni belgilab berganlar.Ayollar yuzlari va ikki kaftlari ochiq bo'lish huquqlariga ega bo'ldilar.
Hozirgi kunda ommalashgan arab raqslari esa,Islomdan oldingi kofir,mushriklarning ko'ngilochar raqslari bo'lgan.
Afsuski bu raqs turini musulmoniy deb biluvchilar juda ko'p ekan.
Men bir kichkina so'rov o'tkazdim,( men ko'pincha bir munozarali narsaga ,fikrga duch kelsam,shunday qilaman:PS)
20 kishining fikrini tingladim.Ulardan 10 tasi 20-35 yoshlilar, 10 tasi esa 40 yoshdan yuqorilar.
Yoshlardan 6 kishi arabcha raqslarni shunday qabul qilishgan ekan:
--arabcha raqslar Arabistondan kelgan,demak bu raqslar musulmoncha.
3 kishi:
---yo'q,bu musulmoncha emas
faqat bir kishi:
----umuman bilmayman bu haqda
degan javoblarni berishdi.
Kattalardan esa.
8 kishi :
---Yo'q bu arabcha raqslar musulmoncha emas,kofirlarniki,
2 kishi esa:
--anig'ini bilmayman
javoblarini berishdi.

Bu natijalarni tahlil qilib ko'rsak, bu insonlarning aksariyati bu turdagi raqslarga o'ta ijobiy yondoshishadi.Bu yana islomiy bilimlarning halqimiz orasida o'ta tanqisligidadir.
Yana bir eng achinarli hodisa shuki,shunaqa raqslarni ijro etuvchi"xonimchalar" el orasida "mashhur" bo'lib, to'y-tomoshalar ularsiz o'tmayapti.
Bu allaqachon modaga chiqib bo'ldi.
achinarlisi, eng mashhur xonandalarimizning koncertlarida, to'ylardagi chiqishlarida bemalol shunaqa raqqosalar eng markaziy o'rinlarda bo'lib qolishdi.
Oila a'zolariz bilan shunaqa koncert yoki tomosha,to'ylarga borib qolsayiz,shu hayosiz holatlarga duch kelsayiz, nima bo'ladi?
afsuski negadir bu illatga qarshi choralar ko'rilmayapti,yoki natijalar ko'rinmayapti.
Bunga qarshi ommaviy targ'ibot ishlari olib borilsa yaxshi bo'lardi. ty da, radiolarda.
Sizning bu to'g'ridagi fikringiz nima, azizlar, forumdoshlar?
Hadislardagi ibratli rivoyatlardan keltirsangiz bu to'g'rida.

Категория: Islom Dini Haqida | Joyladi: shera (25.06.2008)
Ko'rish: 3388
Hamma Izoxlar: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]