Главная | Регистрация | Вход
-:::_-Islomiy Saxifa-_:::-
Saxifalar
Ilomiy Saxifalari
Islom Dini Haqida [4]
Islomiy Dunyo [5]
Islomiy Harhil Videolar [18]
Mashxur Qorilar Qiroati [0]
KITOBLAR [5]
Mo'jizalar [5]
Hadisi Sharif [2]
Siz Kim???
Приветствую Вас MexmoN
IzlasH
DiqqaT !!! DiqqaT !!!

Diqqat!
Agarda kimda kinolar ko'rsatmasa! U holda Online kinolarni ko'rishlik uchun Mozilla Firefox yoki Opera dan foydalaning va albatta kinolarni muammosiz ko'rish sharafiga ega bo'lasiz!! 

Внимание!
У кого не загружаются фильмы, скачиваем и устанавливаем браузер  Mozilla Firefox или Opera через него все работает!!
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Mini-ChaT
200
Bosh Saxifa » Статьи » Islomiy Dunyo

DUNYONING MOHIYATI
Keling, siz bilan birgalikda «dunyo nima», degan savolga javob izlab ko'ramiz. Siz bir umr nimanidir qo'lga kiritish yoki nimagadir etishish uchun intilib yashaysiz. Jamiyatda o'z o'rningizni topishga urinasiz, shu bilan birgalikda, moliyaviy tomondan mukammal hayotni ham orzu qilasiz. Yoshligingizni bir eslab ko'ring-a. Talabalik davrlarini... Sinov imtixonlariga qattiq tayyorlanganingiz esingizdami? Undan ham oldingi davrni hech qachon unuta olmasangiz kerak?! Chunki siz o'shanda talaba bo'lish uchun kirish imtixonlariga qattiq hozirlik ko'rgansiz. Ko'pchilik aynan ana shu onlarni hayotning burilish davri deb hisoblaydi. Universitetga kirish bilan kelajak ishlari hal bo'ldi, degan noto'g'ri e'tiqod paydo bo'ladi.
Shuning uchun bo'lsa kerak, yosh o'spirin oliy dargo hga kirish uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Tinmasdan kitoblar o'qiydi, shirin uyqularidan ham voz kechadi. Ana shu tayyorgarlik davrida talabalik ostonasidagi yigit o'yin kulguni ham tark etadi. Ko'ryapsizmi, birgina universitetga kirish uchun oddiy yigitdan yuksak sabr va qanoat talab qilinmoqda. Agar orzumand qalb egasida bu xususiyat topilmasa, imtixondan o'ta olmasligi turgan gap.
Imtixondan muvaffaqiyatli o'tib olgan o'spirin endi hotirjam bo'ladi, deb o'ylaysizmi? Yo'q, endi hayot uchun kurashishi kerak. Uy-joyni yaxshilash uchun yanada ko'proq me hnat qilishi talab etiladi undan. Chunki go'zal maskanlar katta pullar evaziga qo'lga kiritiladi. O'zining ustida qattiq ishlay boshlaydi. Talabalik davriga qaraganda yanada sabr va matonatli insonga aylanadi.
Shular bilan bir qatorda, inson jamiyatda obro' qozonmoqchi bo'lsa, yoki mash hur shaxs sifatida tanilishni istasa, oldingi davrlaridan ham kattaroq chidam hamda sabotini namoyish etishi lozim. Bu maqsadni oldiga qo'ygan har qanday kishi talabalik davrida e'tiborida bo'lmagan bekorchi vaqtlarini ishga sarflaydi, uy-joy izlayotganda yo'l qo'ygan ba'zi kamchiliklarini takrorlamaslikka urinadi. Ya'ni, butun fikru xayoli ish bo'lib qoladi, sabrning yanada yuksakroq ko'rinishi aks eta boshlaydi unda. Shundagina orzu qilgan hayotiga erishadi.
Afsuski, bularning birortasiga ishonib bo'lmaydi. Ular davr o'tishi bilan yo'q bo'lib ketadigan narsalardir. Bu holat bir muddatlik yonib o'chadigan shamga o'xshaydi. Shamning o'chishi bilan xonani qorong'ulik qurshab olgani kabi, insonning o'limi yuqorida ta'kidlangan kattadan-katta ma horatlar evaziga qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni chilparchin qilib tashlaydi. Birgina voqea tufayli inson dunyodagi hamma narsasidan ma hrum bo'lib qolishi hech gap emas.
Misol uchun, universitetga kirish uchun qattiq tayyorlangan yigit imtixondan bir kun oldin avto halokatga uchrab, vafot etishi mumkin emasmi? Bundan uni hech kim kafolatlab qo'ymagan. Yoki bir umr uy-joy qilish uchun mehnat qilgan odam kichkina extiyotsizlik tufayli bor-butidan ma hrum bo'lganini eshitmaganmisiz?
Ammo, yana bir haqiqat ham mavjudki, arzimagan sabab bilan yo'q bo'lib ketadigan dunyodan keyin boqiy hayot bizni qarshi oladi. Dorulbaqo uchun to'plangan za hiralarni dunyoning eng katta to'fonlari ham to'zg'ita olmaydi. U - o'limdan keyingi hayotdir. Bu dunyo - Alloh taoloning sinov dunyosi, xolos. Vaqtinchalik, juda ham oz muddatga berilgan dunyo... Bir muddat ichida olamlar rabbisi har birimizni abadiy dunyo uchun sinaydi. Shu bois, biz ana o'sha - abadiy dunyoimizning obod bo'lishligi uchun yashashimiz darkor. Aks holda, Allohning huzuriga borganimizda pushaymon bo'lib qolishimiz mumkin.
Alloh taolo har bir mavjudotni o'ziga yarasha maqsad ila yaratgan. Odamlar haqida so'z borar ekan, qur'oni karimning «Az-Zariat» surasi, 51. 56-oyati mazmunan tarjima qilinsa, «Odamlarni faqat Menga sajda qilishlari uchun yaratdim», degan ma'nolarni uqishimiz mumkin.
Demak, faqat Alloh taologa ibodat qilish uchun yaratilgan maxluqot cheklangan muxlat ichida hayot kechirishi iroda qilingan ekan. O'rtacha oltmish, etmish va sakson yoshlar davomida eb-ichib imtixon dunyosini boshdan o'tkazmog'i lozim bo'ladi.
Qumsoatga o'xshab o'tib borayotgan umrimiz biror lahza ham to'xtab turmaydi. Bu qumsoat yashayotgan hayotini mangu deb o'ylaydiganlar ustidan kuladigan soatdir. Bu soat bizning nazdimizda to'g'ri aylanayotgan bo'lsa-da, o'lim uchun teskari yo'nalish xosil qilgan. Faqat oldinga harakatlanadi. Har bir daqiqa o'tar ekan, manzilga shuncha yaqinlashayotganimiz isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.
Qur'oni Karimda Parvardigorimiz bu dunyoni abadiy hayot oldida oz muddat ekanligi haqida xabar beradi. « Hayoti dunyo kelajak bilan taqqoslanganda, faqat foydalanish davridir» . Ra'd, 26. Aqli bor, esi-xushi joyida, Alloh bergan insofdan ozgina ulushi bor kishilar insoniyat mukammal yaratilganini tan olishadi. Ular yana shuni idrok qilishadiki, mukammal insonning yaratilish maqsadi faqat uy-joy qilish, farzand orttirish yoki boshqa maishiy manfaatlarga qaratilmagan. Inson bu dunyoda faqat sinaladi. Haqiqiy hayotini go'zal qilishlik uchun kurashadimi, yo'qmi, buni o'zi belgilab oladi.

INSON QUVONCh VA TAShVISh BILAN SINALADI

Inson hayoti dunyosida ko'pgina to'siqlarni engib o'tishiga to'g'ri keladi. Kutilmaganda uchraydigan halokatlar, tasodifiy mushkulotlar hammani qiynab qo'yadi. Deylik, boy odam qiynalib topgan pullarini bir kunning o'zida yo'qotib qo'yishi va kambag'al kishiga aylanib qolishi mumkin. Safdoshlari orasida o'zini omadli sanagan bo'lsa-da, birgina xatosini bir umr tuzatolmay qolgan insonlar bor oramizda. Birgina halokat tadbirkor kishini bir umrga nogiron qilib qo'yishi hech gap emas. Nima bo'lgan taqdirda ham, bu dunyodagi barcha musibat - Allohning taqdiridandir, kimdir qiyin kunlar bilan, kimdir quvonchli damlar bilan sinaladi. Ana shu nozik nuqtada kim: «Bu kunlar Allohdandir, Allohning har bir ishi xayrlidir, yaxshidir» degan e'tiqodda sobit tursagina, baxtli inson hisoblanadi.
Odamlarni ko'rasiz, Alloh taoloning fazli va karami ila bir umr juda badavlat bo'lib yashaydilar. Dunyoda ular uchun muammoning o'zi yo'q, xisobi. Bu nimadan dalolat. Agar mol-u davlatga ko'milib qolgan inson Allohga shukr qilmasa, uni qanday qilib ma'nan boy kishi deb bo'ladi?! Unga shunchalik ne'matini bergan Zotga hamd aytmaslik dunyodagi eng katta ko'rnamaklik bo'lmaydimi? Alloh taolo odamlar orasida aynan uni tanlab, be hisob ne'matlar bergan bo'lsa-yu, qanday qilib Allohning kitobi - Qur'oni karimni o'qimaslik, unga amal qilmaslik mumkin?!
Shuning uchun ham, boylik ko'pincha insonni aldab qo'yadigan fitna hisoblanadi. Be hisob mulk, saltanatu, boyliklar insonni tug'yonga etaklaydigan eng yaqin vositadir. Haqiqiy mo'minlargina har qanday sharoitda tassarrufotlaridagi boylik ustidan hokim bo'la oladilar, boshqalarga o'xshab mulklariga qul bo'lib qolmaydilar. Qur'oni Karimda Alloh insonlarni nimalar bilan sinashini ma'lum qilar ekan, ushbu sinovlarni qanday qabul qilish kerak ekanligini ham tushuntiradi.
“Albatta biz sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. (Ey Muhammad alayhissalom) biron musibat kelganida: «Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz U Zotga qaytguvchilarmiz»,- deydigan sabrli kishilarga xushxubur bering! Ana o'shalarga Parvardigorlari tomonidan salovat (mag'firat) va rahmat bordir. Ana o'shalar Haq Yo'lni topguvchidirlar. Baqara, 155-157.

ALLOH MO'MINLARNING QALBLARINI EVAZIGA JANNAT BERIShLIK BILAN SOTIB OLGAN

Hayoti dunyoda insonni to'g'ri yo'ldan burib yuboruvchi ko'pgina sinov yo'llari mavjuddir. Tashqi ko'rinishga aldanib qolish natijasida inson keyingi hayotini unuta boshlaydi, foniy dunyoga aldanib qoladi. Alloh taolo insonni do'zax sari olib boradigan yo'llarni insonlarning ko'ziga ziynatlab qo'ygan. Alloh taolo O'zining muqaddas kitobida quyidagilarni marhamat qiladi: (O'sha zotlar) Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradilar. Yaxshi amalga buyurib, isyon - gunohdan qaytaradilar va yaxshiliklar qilishga shoshiladilar. Ana o'shalar solih bandalardandir. Oli Imron, 14.
Inson dunyo go'zalliklariga haddan tashqari mahliy bo'lmasin, bu ajoyibotlar unga na bu dunyoda, na boqiy dunyoda nasib etmaydi. Chunki ularning fitnasi tufayli qiyomatda nadomat chekib qolishlik mumkin. Bu dunyo esa sham o'chib yonadigan darajada qisqadir. Alloh taolo bu dunyo bilan abadiy hayotni Al Qahf surasining 45-46-oyatlarida go'zal uslub bilan qiyoslaydi.
(Ey Muhammad alayhis-salom, odamlarga) hayoti dunyo misolini keltiring! (U) xuddi bir suv kabidirki, biz osmondan yog'dirgach, (avval - kishi hayotining bahorida) u sababli zamin ibototi (bir-biriga) aralashib-chirmashib ketur, so'ngra (hayot Kuzi kelgach), shamollar uchirib ketadigan xas-xashakka aylanib qolur. Alloh hamma narsaga Qodir bo'lgan Zotdir.Mol-mulk, bola-chaqa shu hayoti dunyo ziynatidir. Parvardigoringiz nazdida esa (abadiy) qolguvchi yaxshi amallar savobliroq va orzuliroq (orzu qilishga arzirliroqdir). Kahf, 45, 46.

Inson dunyosini nima go'zal qilishi mumkin. Boylik, go'zal uy- hovli, qimmatbaho kiyimlar, lavozim hamda shu hrat, obro'- e'tibor... Shularmi? Yo'q, bularning barchasi Alloh taolo sizga taqdir qilgan kundan boshlab sarobga aylanadi. Sochilib ketadi, to'zg'ib ketadi.
Afsuski, hamma o'lim kelishini tan olsa-da, qayta tirilishga ishonmaydigan odamlar oramizda yurishibdi. Ular o'lib qolmasdan burun bugungi dunyolarini go'zal qilmoqdalar. Mol-davlatga ko'milib qolsalar hamki, yana va yana chiroyliroq hayot uchun intilmoqdalar. Xalq orasida tengsiz obro' qozonish niyatida tun-u kunini bedor o'tkazayotganlar kammi oramizda?! Kasbdoshlari ichida benazir ekanligini namoyish etish ilinjida butun umr bo'ydoq o'tayotganlar ham ko'p topiladi.
Bir kuni aniq va ravshan sarobga aylanib ketadigan orzu-maqsadlari yo'lida odamlar borib-borib O'LIMni esdan chiqaradigan a hvolga tushib qolishyapti. Dunyolari haddan tashqari bezalib ketganidan qalblariga kir tushmoqda. Haqiqat yog'dusidan ba hra olishdan ma hrum bo'lib qolgan qalb esa qiyomatni rad etadi. Dunyo fitnasiga aldanib qolganlarning nazdida, o'lim-so'nggi bekat. Undan keyin biror bir bekat yo'q. Qiyomatni inkor qilgan kishilar o'limdan keyingi bekatni yo'qlik deb biladilar. Shuning uchun ham ularning jamiki urinishlari faqat va faqat foniy dunyoga qaratilgandir. Faqat o'zlarini o'ylaydilar, o'z manfaatlari yo'lida hech qanday jinoyatdan ham tap tortmaydilar.
Qalbida zarracha iymoni bor kishilar o'limni ikki dunyo oralig'idagi bir holat deb tushunishadi. Ular yaqin kunlar ichida Alloh bilan ro'baro bo'ladigan soat bong uradi, deb e'tiqod qilishadi. Abadiy dunyoning jannatiga tushish uchun oz muddatlik hayotni g'am-g'ussada o'tkazish uchun ham tayyor turadilar. Chunki ular jannatning Qur'oni karimdagi vasflariga ishongan edilar.
Albatta Alloh mo'minlarning jonlari va mollarini ulardan jannat barobariga sotib oldi — ular Alloh Yo'lida jang qilishib (kofirlarni) o'ldiradilar va (o'zlari ham Alloh uchun shahid bo'lib) o'ldiriladilar. (Bunday mo'minlarga jannat berilishiga) Alloh Tavrot, Injil va Qur'onda O'zining haq va'dasini bergandir. Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Bas, (ey mo'minlar), qilgan bu savdolaringizdan shod bo'lingiz. Mana shu haqiqatan, buyuk saodatdir.Tavba, 111.

KELAJAKDAGI VOQEALARNI OLDINDAN KO'RA BILISh

Quvonchli va tashvishli damlarni bog'lab turuvchi bir jihat bor, u ham bo'lsa ikkisi o'tkinchidir. Hayotda ko'p voqea bo'ladi. Bir odamni bekordan-bekorga sud qilib jazolashlari mumkin. Lekin bir kun kelib, nohaq ayblangan shaxs oqlanadi va xalq oldida yuzi yorug' bo'ladi. Mabodo, bu dunyoda oqlanmasa hamki, abadiy hayot uning aybsiz ekanligini butun bashariyat oldida isbotlab berajak. Kim uni nohaq jazolagan bo'lsa, albatta, bir kuni javob beriladi. Mo'minlar mana shu masalada ham boshqalardan ko'ra hotirjamroqdirlar. Hatto bekordan-bekorga jazolanayotganlarida ham, Allohning javobidan umid qilib, sabr qiladilar, ishonch bilan sobit turadilar. Qur'onda kelgan buyuk mo''jizani qalban tasdiqlaydilar: « Har bir qiyinchilik ketidan engillik bordir!» deb ishonadilar.
Bas, albatta har bir og'irlik-mashaqqat bilan birga bir engillik ham bordir. Albatta har bir og'irlik-mashaqqat bilan birga bir engillik ham bordir. Sharh, 5-6.

Haqiqiy mo'min taqdirga iymon keltirib, Allohning cheksiz adolatini ham e'tirof etadi. U biladiki, har qanday og'ir kundan so'ng engillik keladi, musibatning ilk zarbasidagi sabr tufayli ajr-mukofot bor. Mo'min kishi biror bir soniya Allohning ra hmatidan va adolatidan umidini uzmaydi. Chunki uning qalbida aniq-ravshan porlab turgan haqiqat shuki, bugun boshiga tushayotgan musibat ertaga kattadan-katta foydalarga aylanib ketadi. Yoki siz boshqa yo'lni taklif qilib ko'rasizmi? Axir, kim Allohning amriga hilof yura oladi? Kim Parvadigor tuzib chiqqan tartibni buza oladi ekan? Taqdirning biror soniyasi insonning xo hishi bilan o'zgarib qolmasligini iymon egalari yaxshi biladilar. Alloh taolodan kelayotgan musibatlarni hursandchilik bilan qarshi ola bilgan inson iymonidan hotirjam bo'lishi mumkin.
Taqdirga iymon keltirish natijasida inson kuchli iroda sohibiga aylanadi. Agar uning qalbida « har bir soniya, har bir daqiqa Allohdandir», degan e'tiqod bo'lsa, uning bu dunyosi hotirjamlikda, keyingi hayoti esa farog'atda o'tadi.
Allohning hidoyatidan benasib qolganlar hotirjamlik nimaligini bilmay yashaydilar, sal narsaga dovdirab qoladilar, qo'rquv ularni har soniyada qamrab olaveradi. Chunki ularning o'lchovi bo'yicha dunyo tushunchasi insonning o'limi bilan yakunlanadi. Muammolar girdobiga kirib qolganlarida hatto o'zlarini o'ldiradigan darajaga ham tushadilar ular. Qur'onda bunday kishilar haqida quyidagicha ta'riflar ishlatilgan:
Alloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko'nglini islom uchun keng qilib qo'yar. Kimni adashtirishni istasa, uning ko'nglini xuddi osmonga ko'tarilib ketayotgandek tor va tang qilib qo'yar. Shuningdek, Alloh o'z azobini iymonsiz kimsalarga (jazo) qilur. An'om, 125.

Qur'onda hammasi ochiq oydin bayon qilinmoqda. Haqiqatan ham, Allohning qadariga ishonmaslik oqibatiq- katta fojeadir. Ular o'zlariga o'zlari muammolar kashf qilishadi. Mo'minlar esa iymonsizlardan farqli o'laroq, Allohning bu dunyodagi har bir ne'mati ra hmat belgisi ekanligini tasdiqlaydilar. Afsuski, iymoni zaif kishilar va iymon lazzatidan ba hra olmagan bechoralar bu ra hmatning asl mo hiyatini tushunishmaydi. Shuning uchun ham ular hayoti dunyolik davrlarida faqat va faqat qiynalib, azob chekib o'tadilar. Alloh taolo O'z taqdiriga iymon keltirmaganlarni ayni mana shu - ru hiy qiynoq bilan azoblagan bo'lsa, ajab emas. Albatta, Alloh insonlarga biron zulm-adolatsizlik qilmas. Balki, insonlar (Yaratganga iymon keltirmasliklari bilan) o'zlariga o'zlari zulm qilurlar. Yunus, 44.

Daholardan biri: «Tug'ilish - hayotga qo'yilgan birinchi qadamdir», degan ekan. Inson manzili sari har kuni bir necha qadam tashlayapti. Shunday bo'lsa-da, hammaga ayonki, yosh-u, qarining o'lim bilan o'rtadagi masofasi bir xildir. O'lim to'shagida yotgan qariya uchun kelayotgan farishta, o'z yo'lida dunyo tashvishidan bexabar yosh go'dakni ham Allohning amri ila olib ketishi mumkin. Do'stiga nimalarnidir tushuntirib kelayotgan yoshgina yigitning o'limi halokatga uchragan mashinaning sababi bilan kelayotgandir, kim biladi, deysiz. Shunisi aniqki, o'lim hammamiz uchun ham bir xil masofada turgan elchidir.
O'limni shunday deb e'tiqod qilganimizdan keyingina biz uchun dunyo bor haqiqati bilan o'z bo'yini ko'rsatadi. Shuning uchun ham olimlardan biri shunday degan ekan: «Bu dunyo uzoq safarga otlangan savdogarning yo'lidagi me hmonxona va bozorga o'xshaydi. U o'z yo'lida davom etishi uchun bu mexmonxonada ozgina dam olib, bozordan o'ziga kerakli narsalarni sotib oladi. Mehmon to'xtagan manzilida bekordan bekor vaqt o'tkazmaydi, bozorda ham yo'liga kerak bo'lmaydigan narsalarga qiyo tashlamaydi. Biz ham bu dunyoni shunday tasavvur qilmog'imiz darkor».
Alloh taolo biz yashayotgan dunyo sababli abadiy dunyodagi mavqeimizni ham belgilab bermoqda. To'g'ri yo'lni ko'rsatish uchun Alloh taolo insoniyatga Qur'oni Karimni tushirdi, o'z payg'ambarlarini jo'natdi. Oz muddat ichida yo'li uchun eng kerakli narsalarni sotib olgan savdogar misoli biz ham shu yo'lni lozim tutaylik. Faqat shu bilangina, bu dunyoimizni ham, qabrdan boshlanadigan keyingi hayotimizni ham obod aylagan bo'lamiz.
Mo'minlar - Allohning qadari sodir bo'layotgan sa hnada tomoshabin bo'libgina qolmay, undan o'zlariga etarli saboq olmoqliklari lozim. Qur'oni Karimda Buyuk Mavlomiz bu haqda shunday mar hamat qiladi:
Qanchadan-qancha payg'ambarlar o'tganki, ular bilan birgalikda ko'pdan-ko'p xudojo'ylar (kofirlarga qarshi) jang qilganlaryu hamda Alloh yo'lida o'zlariga etgan mashaqqatlar sababli sustkashlik - zaiflik qilmaganlar va (kofirlarga) bo'yin egmaganlar. Alloh mana shunday sabr qilguvchilarni sevadi. Ularning aytgan gaplari faqat shundan iborat edi: «Parvardigoro, O'zing bizning gunohlarmizni va ishlarmizda haddan oshib qilgan xatolarimizni mag'firat ayla, (jang maydonida) qadamlarimizni sobit qil va bu kofir qavm ustiga o'zing bizni g'olib qil!» Oli Imron, 146-147.

Qabrlar... Ularning har birida biz-u, siz kabi odamlar yotipti. Ular ham bizga o'xshab televizor ko'rishgan. Erta tongda o'rinlaridan turib, nonushta qilishgan, maktabga, ishga borishgan. Ular ham kimnidir yaxshi ko'rishgan, nimadandir zavqlanishgan va xuddi biz kabi har kuni o'z yumushlari band bo'lgan edilar.
Qabrda yotganlarning ba'zilari extimol o'limidan bir kun keyin bank hisobidan qanchadir pul olishi kerak edi, yana ayrimlari kimlargadir berajak qarzlarini to'lay olmay ketishdi.
Ular ham biz-u, siz singari turli ayyomlarni nishonlashardi. Yangi yilni xursandchilik bilan kutib olishardi. Lekin ular bir kunmas bir kun tug'ilgan kun yanglig' o'lim kuni ham hech o'ylab ko'rganmikanlar?
« Har bir jon o'lim sharbatini totguvchidir. So'ngra O'zimizga qaytarilursizlar» Ankabut surasi, 57- oyat.

Bizning koinot shu qadar buyuk va shu qadar barkamol yaratilganki, inson zakovati bu ulug'vorlikni to'la idrok etmog'i amri mahol. Olimlarning xisob kitoblari va taxminlariga qaraganda, koinotda 300 milliardga yaqin galaktika mavjud ekan.
Biz bilgan «somon yo'li» galaktikasi ana shu milliardlarning biri xolos. Bitta Somon yo'lining o'zida 250 milliardga yaqin yulduz bo'lib, bizning quyoshimiz ana shu yulduzlardan bittasi.
Boshqacha qilib aytganda, er yuzidagi qum zarralarini hisoblab chiqilsa, ularning soni baribir koinotdagi yulduzlar miqdoriga etmaydi.
Eng qizig'i, bizning quyoshimiz bu xilqat ichida oddiy bir qum chalaridan bittasichalik keladi, xolos. Koinot ko'lamiga qiyos qilinganda, hatto shu qum zarrasidan ham kichikroqdir.
Binobarin, bu erda yashovchi inson beni hoya muazzam Koinot qarshisida ko'zga ko'rinmaydigan eng kichik tomchi zarrasidir.
Ammo Inson, odatda bu haqda hech bosh qotirib o'tirmaydi. U o'zini buyuk bir maxluqot sifatida taxmin qiladi, faxrlanadi, kibrlanadi. Aslida notavon va ojiz bir jonzot ekanligini unutib qo'yadi.
Va holanki, inson kuni bitganda qazo qiladi hamda bu dunyodagi qilmishlari uchun Alloh huzurida hisobot beradi.
Shunday bo'lsa ham, u o'zining bu zaminda tutgan o'rni Koinot oldida bir qum zarrasichalik ham emasligini o'ylab o'tirmay, bu dunyoga tish-tirnog'i bilan yopishib oladi. Holbuki, oradan xiyol vaqt o'tar-o'tmas u o'ladi va Zaminning bir parchagina qismiga dafn etiladi. Vale Alloh narigi dunyoga rixlat ettirish oldidan unga bu foniy dunyoda qilgan barcha amallarini va Parvardigori olamning irodasi oldida uning mutlaqo notavon banda ekanligini ko'rsatadi.
Inson hayotlik chog'ida shu oddiy haqiqatni eslamasligi naqadar katta fojea?
Axir har kunlik umrimiz bizga bu haqiqatni ko'rsatib kelmoqda-ku: Agar Insonning peshonasiga yoshlikda o'lish yozilmagan bo'lsa, u hayotning murakkab sinovlariga bardosh berib to keksayguncha yashaydi va baribir jon taslim qiladi. Zero, qarilikka davo yo'qligini insoniyat hech qachon rad eta olmaydi-ku...

KEKSALIK

Ko'pchilik odamlarning hayoti jo'shqin voqealar quchog'ida samarasiz yugur-yugurlar bilan o'tadi, ular ish bilan bo'lib, umrning o'tib borayotganini sezmaydilar. Kun, hafta, oy, yil, asr - bularning barchasi xuddi bir lahzadek o'tib ketadi. Odam esa vaqt o'tishi bilan tez qariy boshlaydi. Biroq, odamlar negadir bu mavjud haqiqatning muqarrarligi haqida o'ylashdan o'zlarini olib qochadilar - go'yo hech qachon qarimaydigan kishilardek. Holbuki, ularga poyonsiz bo'lib tuyulgan yoshlik davri nihoyatda qisqadir. Har bir odam, vaqt o'tishi bilan keksayishini biladi, garchi yoshlik davrida bu masala ni hoyatda olis va noaniq bo'lib tuyulgan bo'lsa ham. Yosh odam bir kun kelib, o'zining mutlaqo ojiz va nimjon qariya bo'lib qolishini hatto o'ylamaydi ham.
Ulfatlari bilan yosh insonni tasavvur qiling. U hozircha hursand, ammo bir kun kelib chorasiz, muhtoj va zaif bir cholga aylanishi shubhasiz.

(shu erda rangli chiroyli rasmlarni qo'yib yuborish kerak)

Ushbu suratlarda kulib turgan insonlarni tomosha qilib, kimdir «ular dunyodagi eng baxtli kishilar bo'lsalar kerak» deb o'ylaydi. Ha, juda chiroyli, kelishgan va ko'rgan odamni quvontiradigan surat. Lekin sizga bu suratlar 1945 yili rasmga olinganini aytishimiz kerak. O'sha paytda gulgun chehrali insonlarning bir kun kelib mana shunday a hvolga tushib qolishlari xayol ko'chalarining hech bo'lmasa bir burchagida bo'lganmikan?! Ellik yil o'tganidan so'ng ularning yoshlikdagi go'zalliklaridan asar ham qolmaganiga bir nazar soling.
Vaqt hamma narsani vayron qiladi. Bu hayot qonuni. Masalan, shirin va xushbo'y apelsin vaqt o'tishi bilan chiriy boshlaydi. Olma juda qisqa vaqt ichida so'lib, buziladi. Odamning husni ham juda tez va oson aynishi mumkin.
Odamning turli davrini bildirib turuvchi vosita - uning terisi hisoblanadi. Ana shu teri olma va apelsin singari yillar o'tishi bilan o'z xusnu -tarovatini yo'qota boshlaydi. Inson haddan tashqari qarib ketsa, uning ajin tushmagan joyi qolmaydi, xisobi. Bu ajinlar qaqrab qolgan erni eslatadi. Unga nima eksangiz ham, hech qachon ko'karmaydi.
Yosh odamning terisi tarang va tortiluvchan bo'ladi. Agar uni chimchilab tortsangiz, shu za hoti avvalgi holiga qaytadi. Lekin ajib holatki, qarigani sari inson terisi qiyishqoqlik hislatini ancha yo'qotadi, hatto so'lib bujmaya boshlaydi. Qarilik davri yaqinlashgan sayin sochlar ham oqarib, to'kila boshlaydi. Qarilik - har bir a'zoning emirilishiga sabab bo'ladigan vosita ekanligi bugun hech kimga sir emas.
Qarigani sari insonning burun va qulog'i ham o'z shaklini o'zgartiradi. Kengayib, juda hunuk holga kelib qoladi. Koshkiydi, inson qarilik chog'ida faqat tashqi qiyofasining go'zalligidan ma hrum bo'lsa. Uning ichki a'zolari-yu, asab doiralarida ham emirilish yuzaga keladi. Asab tomirlari qayta tiklanmas darajada zaiflashadi, ko'zining atrofini egallab olgan g'ubor tufayli, ko'rish xususiyatiga ham putur etadi. Quloq ichidagi eshitish vositalari parchalana boshlaydi. Inson badanidagi emirilish bizga oddiy bir haqiqatni anglatadi: Dunyo haqiqatini! Yashamoqlikning ibtidosi-yu, intixosini!
O'z ijodlari, go'zal che hralari bilan butun duyoni rom qilgan mash hur kishilar, teatr va kino yulduzlari yo hud siyosatdonlar qariganda mutlaqo o'zgarganlar.
Yoki sportchilar hayotiga bir nazar. Muhammad Ali butun dunyoga qarata: «Men hammadan kuchliman!» deb hayqirgan davrlar ham ortda qoldi.
Bugun u hatto qo'lida mash'alani ushlab turadigan darajada ham tetik emas. Va holanki, aynan shu bokschi bundan bir necha o'n yil muqaddam o'z kuch va qudrati bilan dunyoning istalgan bokschisini er tishlatar edi.
Ishonchimiz komilki, siz ham erta indin - teringiz mana shunday holatga tushib qolganini ko'rasiz. Ko'zguga qarab, o'zingizni shunday g'arib va zaif ko'rishingiz aniq.

INSONNING OJIZLIGI

Ko'p eshitganmiz, juda katta orzular og'ushida yurgan o'spirin davosi yo'q bir dardga duchor bo'ladi-da, yoshligidayoq hayot bilan vidolashadi. Sayyoramizda har kuni minglab yosh insonlar ankologik yoki boshqa kasallar sabab bo'lib, vafot etishmoqda. Hozirda shu qadar ko'p viruslar mavjudki, hali insoniyat undan qochib qutulishning chorasini topganicha yo'q. Hatto pashshachalik ko'rinishga ega bo'lmagan bir virus soppa-sog' insonni dunyodan olib ketishi mumkin. Hech kim bundan kafolatlanmagan. O'zidan-o'zi bosh miya tomirlaridan bittasi uzilib ketib o'lgan odamlar haqida ko'p eshitganmiz. Miyaning rentgen tasvirini bir tasavvur qilib ko'ring. Unda kichkinagina dog' bor. Bu miyadagi o'sha uzilgan tomir.
Qon aylanish tizimining buzilishi esa insonni nari borsa, yarim soat yashashini ta'minlaydi. Yoki yashagan taqdirda ham bemor hech qanday ishga yaroqsiz, aqlsiz va shol insonga aylanib qoladi.
Kembrij universitetining yuridik fakulteti talabasi Jeremi Kaoz bunga yorqin misoldir. U o'ta qobiliyatli, kelajagi umidli mutaxassis sifatida ba holangan edi. Bir kuni u professor xonasida o'zini noxush xis qildi va shu za hotiyoq kasalxonaga jo'natildi. Keyin ma'lum bo'lishicha, uning miyasidagi qon tomirlaridan biri yorilgan ekan. Vrachlar tezlik bilan unga yordam ko'rsatishga tushishdi. Ammo vaqt o'tib ketgandi. Miyaga qon quyulib, Jeremining xotira sistemasini butunlay ishdan chiqargandi. Oqibatda, u o'zining yuridik faoliyatiga yakun yasashdan boshqa chora topa olmadi. Chunki Jeremi Kaoz hatto besh daqiqa oldin ro'y bergan voqeani ham eslab qola olmaydigan a hvolga tushib ulgurgandi. Qilgan ishlarini yozib, birozdan so'ng eshitib, besh daqiqa oldin nima bo'lganini bilib oladigan bo'lib qoldi. Uning hayoti shu qadar og'irlashdiki, hatto besh daqiqa oldin ovqat egan emaganligini bilish uchun ham endi Kaoz diktafonga murojaat qilishga majbur.
Anri Delo Binori haqida ham bir og'iz. 21 yoshida u ham Kembrij universiteti tolibi sifatida, ko'pchilik orasida tanilib ulgurgandi. Qirq yoshni qoralab qo'yganida esa, Anri farzandli bo'ldi. Bu paytga kelib qahramonimiz o'z mintaqasida mashhur ishbilarmonlardan biriga aylangandi. Bir kuni u o'rnidan turdi va ko'zguga qarab dahshatdan qotib qoldi. Chap ko'zining ostida shish paydo bo'lgandi. Vrachlarga murojaat qilganida, ular Binorining qovoq sistemasida saraton - rak kasalligi avj olganligi haqidagi tashxisni qo'yishdi. Ana shu saraton kasalligi bir necha kunning ichida chap ko'zga tegishli hamma a'zoni qamrab oldi.
... Yaponiyalik Toshigo Sazaki... U suratga tushgan paytda baxtli oilalardan biriga egalik qilardi. Bir kuni u ham kasalxonaga majburiy suratda yotqizildi. Vrachlar tashxisi uning miya a'zosida yoriq paydo bo'lganligi haqida xabar berardi. Shu xabarni eshitgan paytida ham, undan oldin ham bu inson o'ziga qattiq ishonardi. Suratda uning yonida turgan ayol boy kishining xonimi sifatida extimol kelajakda katta ishlarni rejalashtirib qo'ygandir. Ammo uning bugungi ishi hech qanday yumush bajara olmaydigan erini taomlantirish, kiyintirish, hojatga olib borishdan iborat bo'lib qolgan.
Lekin bu foniy dunyoda odamlar hayotiga hamla qiluvchi xavf faqat kasallikkina emas. Boshqa falokatlar ham borki, uning azobi temir qalblarni ham dodlatib yuboradi. Avto, avia va turli halokatlar...
Gazeta nashrlarini qo'lingizga olishingiz bilanoq, dunyoda qandaydir katta halokat ro'y berganligini o'qiysiz. Kasal bo'lgan odam yaqin kunlar ichida o'lishini tasavvur qila olar, ammo o'ynab-kulib ketayotgan inson samolyot ichida portlab ketishini umuman o'ylab ham ko'rmagan bo'ladi. Qaygadir shoshgan, qaydadir ishini bitirmoqchi bo'lgan va kim bilandir uchrashishni rejalashtirgan edi u. Ammo o'lim uni o'z soatida baribir topib keldi. Hozirda hamma baravariga: «Tasodifiy halokat» deb ba holayotgan xodisa sababli uning qazosi etdi.
Extimol, ushbularni o'qiyotgan insonlar orasida ham qismatiga yoshlik chog'ida yoxud mutlaqo kutilmaganda bu dunyoni tark etish yozilgan odamlar bordir.
Balki siz ushbu risolani oxirgi ogo hlantirish sifatida o'qiyotgan bo'lishingiz mumkin. Sizga so'nggi marotaba xitob yangrayotgan bo'lishi mumkin extimol: o'limdan keyingi abadiy hayot haqidagi oxirgi xitobdir bu balki!
Inson kundalik hayotida necha-necha fojialarga duch keladi. Eng asosiysi shuki, ko'p holatlarda o'zini haddan tashqari buyuk mavjudot deb hisoblaydigan odam bolasi bu halokatlarga etarlicha qarshilik ko'rsata olmaydi, ojiz ekanligini isbotlab qo'yadi.
Shuning o'ziyoq biz yashayotgan dunyoning o'tkinchi va haqir ekanligiga eng yaxshi dalildir.

BALKI BU RISOLA SIZGA ENG OXIRGI
OGOHLANTIRISh SIFATIDA HAVOLA QILINAYoTGANDIR...

Har bir inson o'z jismini doimo pokiza saqlashi va uni har yoqlama parvarish qilishi lozim. O'zlarini juda go'zal deb hisoblab, tevarak-atrofdagi odamlar bilan takabburon munosabatda bo'lgan insonlar, aslida, ertalablari uyqudan uyg'ongan chog'larida unchalik go'zal emaslar. Ko'pchilik kishilar biz yuqorida sanab o'tgan kamchiliklarni tabiiy hol deb hisoblaydilar. Lekin biz ana shu odamlardan so'raymiz: Hech o'ylab ko'rganmisiz, nima uchun odam bu qadar zaif, nochor va har bir daqiqa o'zini parvarish qilmog'i shart qilib yaratilgan? Nima uchun? Agar Alloh taolo amr etsa, odamzod hayotida yuqoridagi kamchiliklarning birontasi bo'lmasligi mumkin edi-ku.
Mana, boshqa mavjudotlarga bir nazar soling. Qop-qora er qa'rini yorib chiqib, o'ziga oro bermasa-da, gulning go'zalligiga putur etmaydi. U har doim toza, chiroyli hamda pokiza bo'lib turaveradi. Alloh taolo insonni nima uchun shunday yaratmagan ekan, shu oddiy savolga na hot insofli odam javob izlab ko'rmaydi?!
Odamga gulning taqdiri bitilganida, hech qaerimiz og'rimasdi, kasal bo'lmasdik, kiyimlarimizni tozalashimizga ham extiyoj bo'lmasdi. Umuman, biz dunyoda g'am nima, tashvish nima bilmay, dunyoga kelib o'tib ketmasmidik?!
Inson Alloh taolo tomonidan zaif, nochor va har kunlik extiyojmand etib yaratilganiga etarlicha sabablar bor. U har doim mana shu qusurlarini bilib, tan olib, Parvardigoriga ibodat qilmog'i lozim. Haqiqiy, boqiy saodat va uyg'unlik faqat Parvardigorning izmidadir.
Bilinglarki, bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) o'yin-kulgi, zeb-ziynat, o'rtalaringizdagi o'zaro maqtanish va mol-dunyo hamda farzandlarni ko'paytirishdir, xolos. (U) xuddi bir yomg'irga o'xsharki, uning (yog'ishi sababli unib chiqan) o't-o'lani dehqonlarni hayratga solib (aqllarini band qilib qo'yur). So'ngra u qurir, bas, uni sarg'aygan holda ko'rursiz. So'ngra u quruq cho'p bo'lib qolur. (Hayoti dunyoning holi ham shundan o'zga emasdir). Oxiratda esa (o'sha to'rt kunlik dunyoga aldanib kolganlar uchun) qattiq azob va (iymon-e'tiqod bilan o'tganlar uchun) Alloh tomonidan mag'firat va rizolik bordir. Hayoti dunyo esa faqat aldaguvchi matodir. Hadid, 20.

TABIIY OFATLAR

Inson umrining chegaralanganligiga kasallik va tasodifiy falokatlardan bo'lak yana bir belgi ham mavjud. Buning nomini tabiiy ofatlardir. Biz yashayotgan dunyoga har turli tarafdan balolar kelishi mumkin. Juda havfli hududda yashaymiz. Koinotga nazar solsak, unda uchib yurgan turli-tuman kometa va meteoritlar Alloh izn qilgan paytda er sayyorasi a hliga ofatlar keltirishi aniq. Ba'zi meteoritlar er sharida yashayotgan odamlarning hammasini yo'q qilib yuboradigan darajada kattadir. Asosan o'z taxminlariga suyanadigan olimlarning aytishicha, ana shunday meteorit bundan milliard yillar muqaddam sayyoramizga tushgan va dinozavrlar avlodining yo'qolishiga sabab bo'lgan. Koinotda kezib yurgan har bir meteorit erga qulashi mumkin, ammo shu erda haqli savol tug'iladi: QAChON?
Koinotning ba'zi sinoatlari insoniyat uchun ochilganidan so'ng, bu holatlar Gollivud filmlarining biznesiga aylanib ketdi. Oskar mukofotiga da'vogar sifatida qo'yilgan «Armagedon» filmida buning ajib manzarasi sho hidi bo'lishimiz mumkin. Filmda kichik bir meteoritning erga qulashi natijasida, sayyoramiz qanday a hvolga tushib qolajakligi zo'r ma horat ila tasvirlangan.
Yoki «Kuchli zarb» filmini misol qilib olaylik. Unda ham kichik bir meteorit sayyoramizga urilib ketishi natijasida ro'y berajak ofatlar aks ettirilgan. Insof bilan ba holaydigan bo'lsak, bu voqealar kimningdir xayolidan o'tgan fantaziyalar emas, balki bo'lishi mumkin bo'lgan voqealarga ishoradir, xolos. Istalgan paytda er shari shunday holatga tushib qolishi mumkin.
Agar er sayyorasini oddiy olmaga qiyoslaydigan bo'lsak, biz yashayotgan qatlam uning po'stlog'iga o'xshaydi. U juda ham ingichka va o'ta nozik yaratilgan. Qattiq bir zarb uni buzib yuborishi extimoldan holi emas.
Insonga taqdir qilingan sayyorani koinotdan keladigan ofatlar bezovta qilsa koshkiydi. Biz yashayotgan zamin boshqa falokatlardan ham benasib qolmagan.
Biz doim o'z qa'riga beadad falokatlarni yashirgan erning ustida yashaymiz. Bu po'choqdek yuyupqa qatlam oastida harorati ming darajali alangali otash magma bor.
Turli vulqonlar sababli tog'li hududlarda magni er qatlamini yorib chiqadi va katta talofatlarni etkazadi. Er shari chindan ham falokatlar jarligi ostonasida turibdi. Bizning ko'zimizga haybatli ko'rinadigan tog'lar ham vaqti-vaqti bilan er qa'ridan uyg'onib chiqayotgan vulqoniy harakatlar ta'sirida portlashlari mumkin. O'zini tog'lardan ham kuchli deb hisoblaydigan odamning shu paytdagi holi nima bo'ladi? Qochishdan boshqa chora topa oladimi?
Zilzilalar asrlar davomida insonlar tomonidan bunyod etilganulkan bino-yu, inshootlarni bir la hzada vayronaga aylantiradi. Bir soniyaning ichida uzoq o'tmishdan hikoya qiluvchi minoralar, insonning buyuk maxsuli hisoblanadigan osmono'par imoratlar chilparchin bo'lib ketadi.

Olimlarning qayd etishlaricha, har ikki daqiqada er qimirlab turadi. Faqat ushbu silkinishlar juda zaif bo'lgani sababli, odamlar sezishmaydi. Er qimirlagan joylarning ko'pi dengiz-u, okenlar bo'lgani uchun ham uni biz hatto bilmaymiz ham.
Ma'lumki, yor qobig'ining ko'p qismi chok qilingan, uning bag'ridagi ma hobatli qatlamlar orasida g'ovak bo'shliqlar bor, bu holatlar er qa'rida zilzilalarning vujudga kelishi uchun zamin hozirlaydi.
Odamzot baribir o'zi bilgandan qolmaydi. U o'zining yuksak texnologiyasi va yuksak tafakkuri ila yaqin yillar ichida tabiiy ofatlarga qarshi etarlicha kurash olib bora olishiga ishonmoqda. Lekin texnika qachon, qaysi katta ofatga to'sqinlik qila olgan? Biror kishi javob bera oladimi?
Bunga 1995 yili Yaponiyaning Kobo shahrida ro'y bergan zilzila eng yaxshi misol bo'la oladi. Dunyoning eng zilzilabardor shaharlaridan biri sifatida baholangan shahar vayronaga aylandi-qoldi.
Odamzot tomonidan kashf etilgan yuksak texnologiya nafaqat qarshilik qila olmadi, balki tomoshabin vazifasini bajarishga ham ulgura olmay qoldi. Kunchiqar o'lkaning eng taniqli olimlari tomonidan kashf etilgan «zilzilalarni bir kun oldin aniqlab beruvchi» anjomlar yana bir bora tabiiy ofat oldida ojiz qolishdi. Shu qadar katta zilzila ro'y berishidan bir necha daqiqa oldin ham bu apparatlar xuddi hech narsa bo'lmaydigandek turgan edi. Qog'oz o'yinchoqlar singari buklanib tashlangan binolar bir necha kun oldin Amerika kanallaridan birida: « Har qanday zilzilaga ham bardosh bera oladigan binolar» degan ta'rifga loyiq ko'rilgan edi.
Quruqlikdagi zizila shunday ofatni keltirib chiqaradi. Ammo zilzilaning yana bir turi borki, u ummon o'rtasida epitsentr xosil qilganda, tsunami degan ofat yuzaga keladi!
Tailand, Shri-Lanka, Indoneziya va yana bir necha mamlakatlarda ro'y bergan ofat hali ko'z o'ngimizdan ketganicha yo'q. Tsunami natijasida ummon suvi eng musta hkam qirg'oqlarni ham vayronaga aylantirib yuboradi. Tsunami to'foni 30 metr balandlikkacha ko'tarilishi ham mumkinki, bu ummon atrofidagi bir necha sha harlarni ham yo'q qilib yuboradigan darajada kuchga ega bo'ladi, deganidir. Eng hayratlanarlisi, bu juda qisqa vaqt sodir bo'ladi, odamlar deyarli kuzatishga ham ulgura olmay qolishadi.
Insoniyat tarixida tsunami sababli qanchadan-qancha odam ko'z ochib yumguncha o'lim bilan uchrashgan. Bunday to'lqinning faqat bittasi qirg'oqdagi butun bir sha harni ikki-uch daqiqa ichida butkul yo'q qilib yubora oladi. Mash hur kurortlardan birida tasvirga tushirilgan ushbu lav ha tsunamining nechog'lik da hshatli ofat ekanligini isbotlab beradi.
Bir ozdan so'ng yana bir to'lqin bostirib kiradi.
Tabiatda to'fon va quyun nomi bilan tanilgan atmosferaviy xodisalar tez-tez sodir bo'lib turadi. Bu da hshatli to'fonlar qudrati shu qadar benazirki, ular butun-butun uy va imoratlarni, daraxtlaru simyog'ochlarni, mashinalar, odamlarni girdobiga olib chirpirak qilib uchira oladi.
Inson ajal xarmumining yaksongar kuchi oldida mutlaqo ojizdir. Hattoki, kechagina savlat to'kib turgan eng zamonaviy sha har ham bunday kuchli bo'ron oqibatida butkul yo'q bo'lib ketadi. Odamlarning maqtanib, bir-birlariga ko'z-ko'z qilgan villalari-yu, kemalari bir zum ichida bir to'p axlatga aylanib qolishi mumkin.
Sharros quygan yomg'ir jalasidan suv toshqini, sel paydo bo'lib, yo'llarida uchragan jamiki narsani oqizib ketadi.
Tabiiy ofatlar sabab bo'lib, tarixda qanchadan qancha odam hayot bilan vidolashdi, dod-voy solib ko'z yumdi. Kelajakda ham bu ofatlardan inson qutulib qola olmaydi. Necha-necha odamga zilzila, tsunami, uragan va boshqa tabiiy ofatlar tufayli o'lim bilan uchrashish taqdir qilingani faqat Yaratganga ayon.
Ushbu risolani o'qiyotganlar qalbida «Men ham ertaga shunday ofat tufayli ko'z yumishim mumkin-ku» deyayotganlar topilarmikan?! Bu ofatlar bizga inson o'limdan hech qachon qochib qutula olmasligi va biz yashayotgan dunyo juda qisqa muddatlik umr ekanligini tushuntirib beruvchi belgilar, xolos.
Biz bu holatlardan o'zimizga ibrat va saboq olmog'imiz darkor. Zero, biz yopishib olgan dunyoimiz bunchalik kuyib pishishimizga arzimaydi, uning yo'q bo'lishiga hatto bir necha daqiqa ham talab qilinmasligini ko'rdik, tomosha qildik.

«TITANIK» VOQEASI

Tarixdan ko'pgina ibratli voqealarni uqib olishimiz mumkin. 1912 yilning 10 aprel kuni 20-asrning eng fojeali voqealaridan biri sodir bo'ldi. Atlantika ummoni markazida dunyodagi eng katta laynerlardan biri - Titanik kemasi ummon tubidan otilib chiqqan aysbergga urilib ketib halokatga uchraydi. «Titanik» o'sha davrning tengsiz kemasi hisoblanardi. Britaniya flotining faxriga aylangan korabl o'z bag'riga minglab kishilarni sig'dira olishi bilan e'tiborga molik edi. Uning balandligi 55 metrni, uzunligi esa 275 metrni tashkil etardi. Yuksak texnika namunasi sifatida ba holangan edi «Titanik».
O'sha paytning o'zida ko'pgina mutaxassislar ushbu korablning mukammal jussasi umuman cho'kmaydi, deb taxmin qilgandilar. Ammo agar taqdirida cho'kish yozilgan bo'lsa, insoniyatning buyuk ixtirosi ham bu taqdir qarshisida ojiz bir narsaga aylanib qolar ekan. Titanik aysbergga to'qnashib ketganida, pastki qismidan qattiq zarb edi va dahshatli suratda sovuq Atlantika qa'riga cho'kib ketdi. Taqriban to'qson yildan keyin bu voqea Gollivudning mash hur filmiga stsenariy uchun asos bo'ldi.
Yordamchi guruh etib kelganida 2920 kishidan 70ta odamgina tirik qolgan edi. Qolganlar qop-qorong'u kechada Atlantika ummonining o'rtasida jonlarini saqlab qolish uchun oxirgi nafaslarigacha kurash olib borishdi. Ushbu fojeaga eng katta sabab bo'lgan narsa shuki, korabl haydovchilari mutaxassislarning «Titanik»ni hatto xudoning O'zi ham cho'ktira olmaydi» degan da'volariga ishonib, yo'lovchilarga etarli miqdorda qutqaruv shlemlari olmagan edilar. O'lgan odamlar ichida Britaniya aslzodalarlarining ko'zga ko'ringan badavlat shaxslari ham borligini esdan chiqarmaslik kerak. Ushbu voqea yana bir karra inson Allohning taqdiri oldida ojiz maxluq ekanligini isbotlab berdi. Titanik voqeasi Allohning mavjudligini arzimagan mol-davlati tufayli unutgan qavmning halokati sifatida tarix sa hifalaridan o'rin olajak.

POMPEY FOJEASI

Yana bir ibratli voqea bundan bir necha asrlar muqaddam ro'y bergan. O'zining mislsiz mol-mulkiga ishonib, kibr libosini kiyishga urinib ko'rgan qavm Alloh taoloning g'azabiga duchor bo'lib, tarix sa hifalaridan Pompey fojeasi deb nomlanmish halokat egalariga aylandi. Tarixchilarning taqdiqotlariga tayanadigan bo'lsak, bundan 200 ming yillar muqaddam hozirgi Suriya mamlakati joylashgan mintaqada Pompey xalqi yashagan. Bu qavm hali Allohning g'azabiga duchor bo'lmasidan oldin Allohning mar hamatiga noil bo'lgandi. Buyuk Parvardigor pompey xalqini nodir ne'matlaridan biri - so hibkorlik bilan siylagandi. Xalq shu qadar go'zal va naqshinkor uylar bino qilgan ediki, hali hanuz tarixchilar ularning tarixiy qoldiqlarini topib lol qolishadi. An horlarning so'lim va go'zal bog'lar ichidan sharqirab oqishi kishilar xayolini o'g'irlasa, Pompey xalqi mislsiz uzumzorlari bilan butun dunyoga ovoza bo'lgan edi. Qadimgi rimliklar yashagan bu diyorlar qavm haddidan oshgan kuniyoq halokatga uchragan. Pompey sha hri oldida Gerkulan degan sha har bo'lib, uning a hli ham xudolik da'vo qila boshlagan kunlari Allohning balosiga yuz tutgandi. Alloh taolo bu ikki go'zal sha harni vulqon bilan jazolagan. Eng qizig'i, haligacha vulqon ichida kuni bitgan odamlarning qoldiqlari kelajak uchun ibrat bo'lib qolgan. Bu fojea xuddi kuni kecha ro'y bergandek o'liklarning shaklu shamoyili o'zgarmay kelmoqda. Biz ushbu xudosiz mamlakatning oxirgi soniyasi nima bilan tugaganini mana shu skeletlar orqali bilib olishimiz mumkin. Dunyo-dunyo boylik, hashamatli binolar-u, naqshinkor saroylar bu haddan oshgan qavmning halokatga uchrashiga sabab bo'ldi, xolos. Alloh taolo ikki ming yildan ziyodroq muddat davomida pompey xalqining suyaklarini chiritmay, O'zining yo'lida sobit bo'lgan insonlarga ibrat o'laroq xitob aylamoqda. Alloh taolo agar insoniyat haddan oshsa, bundan keyin yanada alamliroq va fojealiroq ofatlarini yuborishini bayon qilmoqda.
Alloh sub hana hu va taolo insoniyatga xitob aylab, shunday deydi:
Axir ular er yuzida sayru sayohat etishib, o'zlaridan avvalgi (payg'ambarlarini yolg'onchi qilgalari sababli iymonsiz ketgan) kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi?! O'sha (halok bo'lgan kimsa)lar bulardan (ya'ni, Makka kofirlaridan) ko'ra kuchli-quvvatliroq bo'lgan va (o'z) erlarini bular obod qilganidan ko'ra ko'proq haydab (ya'ni, ekinzorlarga aylantirib), obod qilgan edilar-ku! Ularga ham o'z payg'ambarlari aniq-ravshan hujjatlar keltirganlarida (u payg'ambarlarni yolg'onchi qilishgach, Allohning g'azabiga uchrab halok bo'ldilar). Bas, Alloh ularga zulm qilguvchi bo'lmadi, lekin ular (Haq Yo'lga yurishdan bosh tortishlari bilan) o'zlariga zulm qilguvchi bo'ldilar. Rum, 9.

O'LIM

Ko'pchilik o'limning haq ekanligi haqida o'ylamaslikni afzal ko'radi. Bir kun kelib bu dunyoning ularsiz davom etishini hatto xayollariga ham keltirmaydilar. Va holanki, o'lim insoniyatning yonida kezib yuruvchi sharpadir. Ja hon statistikasi bergan ma'lumotga qaraganda, ushbu risolani o'qib tugatguningizga qadar er yuzida oltmishta odam hayot bilan vidolashadi. Odamlar kundalik hayotlari davomida o'limni kamdan-kam ko'radilar.
Ochig'i, faqat filmlar va televidenieda o'lim o'tkir hissiyotning bir unsuri sifatida namoyish qilinadi. Lekin haqiqatda esa o'lim bizning har birimizga ko'z tikib turgan qat'iy intixodir. Dunyoviy hayotning eng buyuk haqiqati bu.
Shu bugungacha dunyoda son bilan aytishning imkoni yo'q darajada odamlar yashab, o'lib ketdilar. Ekranlaringizdagi mana bu qoldiqlar bir paytlari xuddi siz va biz kabi orzu-maqsadga to'la, oilali, farzandli hamda kuch-quvvatga ega insonlar edi. Ulardan nima qoldi - faqat skiletlar, qoldiqlar, xolos.
Yuz yil yashagan odamlarning deyarli hammasi hozir oramizda yo'q, desak adashmagan bo'lamiz. Demakki, yana yuz yildan so'ng biz va bizni tanigan, biz bilan uchrashgan, ayni paytda hayot bo'lgan insonlarning birontasi qolmaydi. Bu zanjir biror bir davrda uzilmaydi, Allohning insoniyat uchun bitgan taqdiri shu edi va u hech lahza o'z tartibini o'zgartirmaydi.
Qo'lingizdagi, yoki devorga osib qo'ygan osma soatlarning har bir bongi siz-u bizni o'lim sari yaqinlashtirmoqda. Soat millari shunday tuzilganki, u har bir inson qarshisidan chiqadigan o'lim uchun etaklovchi taqdiriy vositadir. Vaqt tushunchasi har bir kishi uchun berilgan dunyoviy hayotning intixosiga va o'lim paytiga olib boruvchi teskari hisobdir.
Ushbu risolani o'qiyotganlardan har bittasining bu foniy dunyoda qancha kunlik, soatli yo daqiqali umri qolgani yolg'iz Allohgagina ayon.
Extimol, kimgadir risolaning oxirini ham o'qish nasib etmas. Buni faqat Alloh subhanahu va taoloning O'zi bilguvchiroqdir.
Nolga qarab ketayotgan soat millari aslida o'limdan so'ng yangi sanoq boshlanishiga dalolat qiladi. Abadiyat sari etaklovchi yangi hayot sari!
O'lim kutilmaganda keladi. O'lgan odamning badani yurak to'xtashi bilan soviy boshlaydi. Harorat tushadi va ruh insonni tark etadi.
O'lim insonning bu dunyodagi so'nggi bekati, ammo abadiyat oldidagi ilk qadami hisoblanadi. Inson o'zining yaratuvchisi - Alloh taolo huzuriga bu dunyoda qilgan har bir ishiga javob berish uchun yo'l oladi. Allohning borligi, birligi va Uning yagona iloh ekanligiga iymon keltirgan kishilar o'zlarining soli h amallari bilan Parvardigorimizning ra hmatiga noil bo'lib, jannat an horlariga loyiq ko'riladilar.
Allohni inkor etganlar, besh kunlik dunyoning zo hiriy lazzatlariga aldanib o'tganlar esa xayollariga ham kelmagan azobni totib ko'rish uchun do'zaxga uloqtiriladilar.
Inson bu dunyoviy hayotning aldamchi xoyu havaslari va maftunkor yasama go'zalliklariga uchib gumro hlik qilmasligi, o'ziga Alloh tomonidan ato etilgan umrning chin mo hiyati va qiymatini unutmasligi kerak. Dunyoviy hayotdagi muvaqqat nafosatu latofatlarning birontasi ham insonning eng asosiy vazifasi uni ushbu erda yaratib, unga bemisl hayotiy lazzatlar ato etgan me hribon Allohi karimning iymon e'tiqodiga hamisha amal qilishdan iboratdir. Shundagina u Holiqning mar hamatiga musharraf bo'ladi.
Axir, biz ellik daqiqa ichida har qanday dunyoviy boylik va go'zallikning poyoni borligiga guvo h bo'lmadikmi? Faqat Alloh mangudir.
(Er) yuzidagi barcha jonzot foniydir. Buyuklik va karam Sohibi bo'lgan Parvardigoringizning Yuzi — O'zigina boqiy mangu qolur. Ar-Rohman, 26-27.

XULOSA

Ushbu risola orqali biz inson umrining asl mo hiyatini anglab etdik. Bizga berilgan dunyoviy hayot bir kunmas bir kun baribir tugar ekan. Har qanday go'zallik intixo topgani singari, tug'ilgan chaqaloqning ko'zi vaqti soati etib kelganida yumiladi. Dunyoda nima to'plagan bo'lsa inson zarrachasini ham qo'lga kirita olmay, o'lim bilan duch keladi. Shu oddiy haqiqatlarni anglab etib ham, na hot shundan keyin dunyoga bog'lanib qolamiz?
Dunyoning aldamchi go'zalliklariga uchib, abadiyatdagi haqiqiy go'zallikdan mahrum bo'lib qolish eng katta nodonlik bo'lmaydimi?
Yo'q, bundan ham ortiq ibrat bo'lmasa kerak. Alloh taoloning ko'rsatgan yo'lidan boshqa yo'lni tark etib, faqat jannat sari odimlaylik. Dunyoga bu qadar hirs qo'yavermaylik, odamlarga faqat yaxshilik qilaylik, mu htojlardan yordamimizni darig' tutmaylik, odamlarga nisbatan samimiy, adolatli va ra hmli bo'laylik. Eng asosiysi, eng katta dushmanimiz - nafsni jilovlaylikki, shundagina ikki dunyoda ham salomat qolamiz.
Alloh taolo Qur'oni Karimda marhamat qiladiki,
Ulardan (muhojirlardan) ilgari (Madina) diyoriga o'rnashgan va iymon-e'tiqodni (mahkam ushlagan) zotlar (ansorlar) esa o'zlari(ning yonlari)ga hijrat qilib kelgan kishilarni suyurlar va dillarida ularga (muhojirlarga) berilgan narsa-o'ljalar sababli biron hasad tuymaslar hamda garchi o'zlarida ehtiyoj bo'lsa-da, o'zlarini qo'yib (o'zgalarni) iysor-ixtiyor qilurlar. Kimki o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o'shalar najot topguvchi zotlardir. Hashr, 9.

DIQQAT! UShBU RISOLA SIZGA O'LIMDAN OLDINGI
ENG SO'NGGI OGOHLANTIRISh BO'LIShI MUMKIN.
YaNA BIR MARTA YaXShILAB O'YLAB KO'RING!!!
[i]

Категория: Islomiy Dunyo | Joyladi: shera (21.06.2008)
Ko'rish: 4326
Hamma Izoxlar: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]