-:::_-Shera Universal PorataL-_:::-

Меню сайта
Разделы новостей
Новости--Yangiliklar [17]
Shou-Biznes Olami-Шоу-Бизнес [8]
Avtomobil Yangiliklari-Авто новости [0]
Programalar-Програмы [8]
Боевик--Jangari [0]
Мультфильм--Multiklar [0]
Сериалы--Seriallar [0]
Фантастика--Mo'jizali [0]
Ислам--Islomiy [2]
Разное--Har hil [0]
Приключения--Sarguzashli [0]
Salomatlik --Здаровие [1]
Индийские фильмы--Hindcha [2]
Документальные--Hujjatli [0]
Приколы--Prikollar [0]
Мини-чат
200
Главная » 2008 » Июнь » 25 » Muhokamada atamashunoslik masalalari
Muhokamada atamashunoslik masalalari
12:35
Joriy yil 18 iyun kuni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida “Atamashunoslik — kasbiy tafakkurni shakllantirishda, fan va ta'limni rivojlantirishda” mavzuida ilmiy-amaliy seminar o´tkazildi. Tadbir O’zAAA, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi, O’zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy texnika jamiyati, O’zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti hamkorligida tashkil etildi. Seminarni FTMTM direktori M.Maxmudov olib bordi. Seminarda soha kompaniya, korxona va tashkilotlari, O’zFA, Oliy va o’rta-maxsus ta'lim, Xalq ta'limi vazirliklari vakillari, atamashunoslik, noshirlik sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassislar qatnashdilar. Tadbirda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori o’rinbosari A. Xodjayev so’zga chiqdi. Ma'lumki, mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng oliy va o’rta-maxsus o’quv yurtlarida o’qitish jarayoni, ilmiy-tadqiqot institutlarida hujjatlashtirish va ish yuritish Davlat tilida yo’lga qo’yildi. Ayni paytda o’zbek tilida darslik va qo’llanmalar hamda fan sohalariga oid terminlarning izohli lug’atlarini yaratish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganligini alohida ta'kidlash o’rinlidir. Bu masala aloqa va axborotlashtirish sohasi uchun ham begona emas. O’tkazilgan seminar yetuk kadrlar tayyorlash, fan va ta'limni rivojlantirishda o’zbek tilining salohiyatini oshirishdek dolzarb mavzuga bag’ishlandi. Fan va texnika jadal sur'atlarda rivojlanayotgan hozirgi kunda turli sohalarga oid terminlarni tartibga solish va bu borada o’zbek tilining imkoniyatlaridan imkon qadar samarali foydalanishga alohida urg’u berildi. Shu o’rinda seminarga ‘zbek tilshunosligi b’yicha olimlar, boshqa sohalarning atamashunos-mutaxassislari ham ishtirok etdilar. Jumladan, O'zFA akademigi A. Xojiyev, geografiya fanlari doktori S. Karayev, filologiya fanlari nomzodi N. Mahkamov, filologiya fanlari nomzodi R. Qobulovalar so’zga chiqib bugungi ‘zbek terminologiyasining holati va yechimini kutayotgan masalalar, terminlarni tartibga solishning dolzarb muammolari, sohada zamonaviylik prinsiplari, patent hujjatlari va ilmiy-texnikaviy matnlarni tarjima qilishning o’ziga xos xususiyatlari haqida o’z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, Xalq ta'limi vazirligi, FTMTM, Respublika axborot-kutubxona markazi, Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo’llab-quvvatlash markazi hamda bir qator oliy o’quv yurtlari mutaxassislari o’z faoliyatlari misolida tajribalari bilan o’rtoqlashdilar. Qatnashchilar axborot bilan ishlashda elektron glossariylarning ahamiyati, masofaviy ta'limda Moodle tizimining interfeysini o’zbek tiliga o’girish, aloqa va axborotlashtirish sohasi terminologiyasi, sohaga oid ilmiy-texnikaviy tarjimada terminlarni qo’llashning dolzarb masalalari, kutubxona terminologiyasini standartlashtirish, erkin va ochiq kodli dastur ta'minotlarini mahalliylashtirish, televideniye terminlarining shakliy va ma'noviy soddalashtirilishi, o’zbek yuridik terminlarini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari singari qiziqarli va sermazmun ma'ruzalarni tinglashdi.
Категория: Новости--Yangiliklar | Просмотров: 1855 | Добавил: shera
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Приветствую Вас MexmoN

Календарь новостей
«  Июнь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Поиск
Друзья сайта

Diqqat!
Agarda kimda kinolar ko'rsatmasa! U holda Online kinolarni ko'rishlik uchun Mozilla Firefox yoki Opera dan foydalaning va albatta kinolarni muammosiz ko'rish sharafiga ega bo'lasiz!! 

Внимание!
У кого не загружаются фильмы, скачиваем и устанавливаем браузер  Mozilla Firefox или Opera через него все работает!!
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Copyright MyCorp © 2024