-:::_-Shera Universal PorataL-_:::-

Меню сайта
Разделы новостей
Новости--Yangiliklar [17]
Shou-Biznes Olami-Шоу-Бизнес [8]
Avtomobil Yangiliklari-Авто новости [0]
Programalar-Програмы [8]
Боевик--Jangari [0]
Мультфильм--Multiklar [0]
Сериалы--Seriallar [0]
Фантастика--Mo'jizali [0]
Ислам--Islomiy [2]
Разное--Har hil [0]
Приключения--Sarguzashli [0]
Salomatlik --Здаровие [1]
Индийские фильмы--Hindcha [2]
Документальные--Hujjatli [0]
Приколы--Prikollar [0]
Мини-чат
200
Главная » Новости--Yangiliklar
Ғазодаги барча ўтиш постларини ёпиб ташлаш ва бу минтақага ҳар қандай маҳсулот, айниқса озиқ-овқат киритилишининг олдини олиш ҳақидаги дастурни чиқарди

Ди Пи А ахборот агентлиги хабар беришича, Сомий Абу Зуҳрий – Ҳамоснинг наттоқи бугун ўз баёнотида Исроилнинг ҳарбийлари бугун фаластинлик деҳқонларни ўққа тутишгани ва Ғазо секторининг ўтиш пости ёпиб қўйилгани оташкесим бузилаётгани ҳамда бу режимнинг нияти холис эмаслигини кўрсатишини айтиб, жаҳондаги барча мамлакатларни Исроилга босим ўтказиб, Телавивни оташкесимни бажаришга мажбурлашга чақирди. Қайд этиш керакки Исроил ҳарбийлари бугун Ғазо секторининг жанубида жойлашган Хон Юнусдаги қишлоқлардан бирида фаластинлик деҳқонларни ўққа тутиб, Ҳамос билан тузган оташкесимни бузишди. Бу отишма жараёнида фаластинлик фуқаролардан бири ярадор бўлди ва унинг аҳволи ўта оғир эканлиги айтилмоқда. Айни пайтда, Эҳуд Барак – Исроилнинг Бош вазири ўтган оқшом Ғазодаги барча ўтиш постларини ёпиб ташлаш ва бу минтақага ҳар қандай маҳсулот, айниқса озиқ-овқат киритилишининг олдини олиш ҳақидаги дастурни чиқарди.

Категория: Новости--Yangiliklar | Просмотров: 1617 | Добавил: Web-Loving | Дата: 28.06.2008 | Комментарии (0)

Дмитрий Азаров/Коммерсантъ Московские болельщики смирились с поражением сборной в полуфинале чемпионата Европы, отменили гулянья и разъехались по домам на украшенных триколорами машинах. По данным ГУВД, около 39 тыс. москвичей смотрели футбол в барах и кафе. Традиционным местом сбора стала Тверская улица. Ключевые точки улицы — Пушкинская, Манежная и Тверская площади были взяты милицией под охрану. Не попавшие в бары болельщики толпились у витрин, где велась прямая трансляция. Также многие слушали матч, прильнув к радиоприемникам, установленным на автомобилях и мотоциклах. С каждым забитым мячом в ворота российской сборной на Тверской улице раздавались разочарованные крики. «Нужен гол! Нужен гол!» — кричали фанаты. Когда игра закончилась с разгромным счетом, болельщики пошли гулять по Тверской. В метро до закрытия удалось попасть считанным единицам. Остальные разбрелись по городу в поисках спиртного, но все было закрыто. По улице с сиренами и флагами неслись машины с ликующими болельщиками. Некоторые фанаты ворчали, указывая на отсутствие повода для радости, но таких было меньшинство. «Российские болельщики, несмотря на проигрыш, ведут себя очень корректно, дисциплинированно, не нарушают общественный порядок», — сообщал журналистам около 2.00 ночи начальник оперативного штаба по обеспечению охраны общественного порядка, замглавы ГУВД Москвы Вячеслав Козлов. «Болельщики после матча разъезжались по домам, водители не создавали пробок и перекрывать улицы, как ранее планировали, не потребовалось», — сообщил глава пресс-службы ГУВД города Виктор Бирюков. По его словам, несмотря на то, что многие граждане были расстроены проигрышем, водители не нарушали ПДД, а пешеходы, не выходя на проезжую часть, расходились по тротуарам в сторону ближайшего метро.
Категория: Новости--Yangiliklar | Просмотров: 795 | Добавил: shera | Дата: 27.06.2008 | Комментарии (0)

Малайзиянинг Куала-Лумпур шаҳрида Жаҳон чемпионати саралаш тизимининг Осиё минтақаси бўйича 4-босқичга қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди. Унга кўра 10та терма жамоа 4та саватчадан «А» ва «В» гуруҳларига тақсимланди. Қуръа натижасига кўра Ўзбекистон миллий терма жамоаси «А» гуруҳи 4-қаторидан ўрин олди. Жаҳон Чемпионати 4-саралаш босқичида Инилеев шогирдлари Австралия, Япония, Бахрайн ва Қатар термалари билан ЖЧ-2010 финал босқичига чиқиш учун кураш олиб боради. «В» гуруҳига эса Ж.Корея, Эрон, С.Арабистони, Ш.Корея ва БАА термалари жойлашди. 3-саралаш босқичидан фарқли улароқ Ўзбекистон терма жамоаси бу босқичда Осиёнинг гранд жамоаларига қарши майдонга тушади. Бу босқич ҳаммасидан ҳам энг қийини бўлиши барчага маълум. ЖЧ-2006га чиқиш учун яримта ўрин учун курашда бизни доғда қолдириб кетган Бахрайн термаси билан бу гал бир гуруҳдан жой олдик. Ундан ташқари осиёнинг 1 ва 2-рақамлари жамоалари гурухда худди шу ўринлар учун жон-жаҳди билан кураш олиб бориши аниқ. Қатар термасидан ҳам ҳар қандай сюрпризни кутиш мумкин. Қисқаси, бу гуруҳга нисбатан «ана, энди ҳақиқий ўйинлар бошланди!» деб бемалол айтиш мумкин.
Категория: Новости--Yangiliklar | Просмотров: 984 | Добавил: shera | Дата: 27.06.2008 | Комментарии (0)

Категория: Новости--Yangiliklar | Просмотров: 2520 | Добавил: shera | Дата: 27.06.2008 | Комментарии (0)

Braziliya bilan Peruning chegarasidagi Amazon o‘rmonlarida shu paytgacha tashqi dunyo bilan muloqotga kirishmagan Janubiy Afrikadagi noma’lum qabilalardan biri topilgan. Braziliya hukumatidan bildirishlaricha, shunday qabila mavjudligini isbotlash hamda ular yashaydigan yerni himoyalashda ko‘maklashish maqsadida tasvirga tushirishgan. Uchoqdan olingan suratlarda qizil rangli, yoy va nayzalarini silkitayotgan qabila a’zolari aks etgan.
Категория: Новости--Yangiliklar | Просмотров: 1588 | Добавил: shera | Дата: 27.06.2008 | Комментарии (0)

Andijon viloyatida har yili obodonlashtirish bo'yicha ko'rik-tanlov o'tkazilishi yaxshi an'anaga aylandi. Erta bahordan joylarda oilalarning turmush madaniyati darajasi, hovli, ko'cha, mahallani qanday tutishi bilan tanishish boshlanadi. Keyin tuman va shaharlarda eng yaxshilar aniqlanadi. Yakunlovchi viloyat bosqichi Mustaqillik kuni arafasida o'tkaziladi, xabar beradi UzA.

Tanlov doirasida joylarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo'yicha loyihalar amalga oshirilmoqda, madaniy-maishiy obyektlar bunyod etilmoqda, hashar yo'li bilan mahalla guzarlari qurilmoqda. Hududlar tozalanmoqda, bog' va gulzorlar yaratilmoqda. Bu ishlarda nafaqat ijro hokimiyati organlari, balki homiy tashkilotlar, tadbirkorlar, xalq hunarmandlari ham ishtirok etmoqda.

Xayrli ishlar bu bilan cheklanib qolmayapti. Tanlov nizomida ijodiy jihatga ham katta e'tibor qaratilgan. Andijondagi Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida folklor ansambllar va ijodiy jamoalar konsertlari o'tkazilmoqda.

- Bu an'anaviy tanlov eng uzoq aholi punktlarini ham obodonlashtirishga yordam bermoqda, - deydi "Mahalla" jamg'armasining viloyat bo'limi raisi O'ktamjon Haydarov. - U katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega: turmush madaniyatini oshirish, sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini yaratishga yordam beradi. Bu ko'nikmalar asta-sekin odatga aylanadi, keyin esa zarurat bo'lib qoladi. Jumladan, tanlov tufayli gulchilik aholi orasida keng tarqaldi, issiqxonalarda bananlar, ananaslar va respublikamiz tabiiy sharoiti uchun xos bo'lmagan boshqa ekinlar yetishtirilmoqda.

Ko'rik-tanlov g'oliblarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ularga pul mukofotlari beriladi.

Категория: Новости--Yangiliklar | Просмотров: 1050 | Добавил: shera | Дата: 25.06.2008 | Комментарии (0)

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 13 fevral 1767-son bilan «Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qo'llagan holda to'lov tizimini tashkil qilish qoidalari» tasdiqlandi va ro'yxatga olindi.

Mazkur Qoidalar O'zbekiston Respublikasining “Elektron to'lovlar to'g'risida”, “Elektron hujjat aylanishi to'g'risida”gi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 12 iyundagi 120-sonli “Elektron tijoratni amalga oshirishda to'lovlarni o'tkazishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq to'lov tizimini tashkil qilish bo'yicha asosiy qoidalarni, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari, jumladan Internet orqali axborot tizimlariga kirishda axborot xavfsizligini ta'minlash mexanizmlarini, shuningdek, to'lov tizimi sub'ektlari o'rtasida moliyaviy ma'lumotlarni o'zaro ayirboshlashda rekvizitlar tarkibini belgilaydi.
Ushbu hujjat electron tijorat tizimini rivojlanishiga, electron raqamli imzodan foydalanuvchilar safini kengaytirishga, Shu bilan birga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llagan holga hizmat ko’rsatishni rivojlantirishga hizmat qiladi.

Nizom O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O'zbekiston Respublikasi Milliy havfsizlik xizmati bilan kelishilgan.

Категория: Новости--Yangiliklar | Просмотров: 1285 | Добавил: shera | Дата: 25.06.2008 | Комментарии (0)

Категория: Новости--Yangiliklar | Просмотров: 1848 | Добавил: shera | Дата: 25.06.2008 | Комментарии (0)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Muvofiqlashtiruvchi kengash ish rejasiga asosan joriy yilning 15-16 may kunlari “BestSoft – Uzbekistan 2008” dasturiy mahsulotlar ko’rgazmasi va dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning milliy forumi, ixtisoslashtirilgan ish o’rinlariga vakansiyalar yarmarkasi tashkil etilgani ta’kidlandi. Ayni paytda, O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Taraqqiyot sari” teledasturi, “InfoCOM.uz” jurnali orqali AKT sohasidagi yangiliklar va ularni qo’llash istiqbollari masalalari muntazam yoritib borilmoqda. Vazirlik va idoralar tomonidan davlat axborot resurslari, davlat organlarining axborot tizimlari va interaktiv davlat xizmatlari soni va sifati yaxshilanayotgani, O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan telemeditsinani rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish maqsadida Elektron sog’liqni saqlashni rivojlantirish “UzMedInfo” markazi tashkil etilgani, axborot jamiyatini shakllantirishning dolzarb yo’nalishlari va respublikada davlat boshqaruviga elektron texnologiyalarni keng joriy etish bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruv organlari xodimlari uchun strategik trening-kurslar tashkil etish singari tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’i ZiyoNETni yanada rivojlantirish masalalari ko’rib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan Oliy va o’rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirliklariga hamda tarmoqqa ulanuvchi boshqa vazirlik va idoralarda olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi. Davlat boshqaruvi organlari, bank va moliya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari, yirik korxonalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish ishlarining ahvolini ob’ektiv mezonlar asosida tahlil qilish va baholash juda dolzarb vazifa ekanligini inobatga olib, Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan bunday baholash tizimi loyihasi o’rganib chiqildi va barcha davlat organlari, korxonalari hamda muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini muntazam ravishda tahlil qilib borishga qaror qilindi. Elektron ta’lim resurslarini yanada ko’paytirish va sifatini oshirish maqsadida hamda masofaviy ta’lim tizimlarini rivojlantirishni jadallashtirish uchun yig’ilishda Elektron ta’lim resurslari to’g‘risidagi nizom loyihasi va pedagog kadrlarning malakasini masofadan oshirish tizimini yaratish va joriy etish pilot loyihasi ko’rib
Категория: Новости--Yangiliklar | Просмотров: 1285 | Добавил: shera | Дата: 25.06.2008 | Комментарии (0)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 19 mart kuni Oqsaroyda Slovakiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yan Kubishni qabul qildi.

– Siz bilan uzoq vaqtdan buyon tanishmiz, – dedi mamlakatimiz rahbari. – O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan birday manfaatdor.

O‘zbekiston-Slovakiya munosabatlarining sifat va sur’ati ikki mamlakatda ham yuqori baholanadi. Bu yil davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 14 yil to‘ldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida oliy darajadagi, parlamentlar, vazirlik va idoralar darajasidagi uchrashuvlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, 1997 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Slovakiyaga, 2003 yilning mart oyida Slovakiya Prezidenti Rudolf Shusterning O‘zbekistonga tashriflari bo‘lib o‘tdi. Bu sammitlar asnosida ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy poydevori yaratildi.

O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘rtasidagi aloqalarning huquqiy asosini 23 hujjat tashkil qiladi. Ular orasida uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, havo transporti aloqasi, sayyohlik, tashqi siyosat va tashqi savdo mahkamalari o‘rtasida hamkorlikka oid bitim va protokollarni keltirish mumkin.

Ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik borasida tomonlar mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanyapti, deb bo‘lmaydi. 2006 yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 15 million AQSH dollarini tashkil etdi. Yurtimizda Slovakiya sarmoyasi ishtirokida ochilgan o‘nga yaqin qo‘shma korxona ishlab turibdi. Ular farmatsevtika, qurilish-montaj ishlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, savdo va boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Iqtisodiy sohadagi hamkorlikni yanada faollashtirish ikki tomonlama manfaat keltiradi va O‘zbekiston bilan Slovakiya bu borada hamfikrdir. Ayni paytda turli yo‘nalishlarda yangi qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Gumanitar sohada ham hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Ayniqsa, ilmiy doiralarning aloqalari faolligini ta’kidlash mumkin.

2006 yilning iyul oyidan Slovakiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Yan Kubish ko‘p yillik diplomatik tajribaga ega. U qator nufuzli xalqaro tashkilotlar – BMT, YEI va YEXHT organlarida ishlagan. Xususan, uzoq yillar YEXHTga raislik qilgan, 2005-2006 yillarda esa Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili lavozimida mehnat qilgan. Tajribali siyosatchi va diplomat Yan Kubish mintaqamizdagi vaziyat va sharoit bilan yaxshi tanish.

Oqsaroyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi bilan Slovakiya Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, mavjud imkoniyatlardan samaraliroq foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Категория: Новости--Yangiliklar | Просмотров: 952 | Добавил: shera | Дата: 25.06.2008 | Комментарии (0)

1 2 »
Приветствую Вас MexmoN

Календарь новостей
«  Апрель 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Поиск
Друзья сайта

Diqqat!
Agarda kimda kinolar ko'rsatmasa! U holda Online kinolarni ko'rishlik uchun Mozilla Firefox yoki Opera dan foydalaning va albatta kinolarni muammosiz ko'rish sharafiga ega bo'lasiz!! 

Внимание!
У кого не загружаются фильмы, скачиваем и устанавливаем браузер  Mozilla Firefox или Opera через него все работает!!
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Copyright MyCorp © 2024