-:::_-Shera Universal PorataL-_:::-

Меню сайта
Разделы новостей
Новости--Yangiliklar [17]
Shou-Biznes Olami-Шоу-Бизнес [8]
Avtomobil Yangiliklari-Авто новости [0]
Programalar-Програмы [8]
Боевик--Jangari [0]
Мультфильм--Multiklar [0]
Сериалы--Seriallar [0]
Фантастика--Mo'jizali [0]
Ислам--Islomiy [2]
Разное--Har hil [0]
Приключения--Sarguzashli [0]
Salomatlik --Здаровие [1]
Индийские фильмы--Hindcha [2]
Документальные--Hujjatli [0]
Приколы--Prikollar [0]
Мини-чат
200
Главная » 2008 » Июнь » 25 » Mehnat va san'at ko'rigi
Mehnat va san'at ko'rigi
12:45
Andijon viloyatida har yili obodonlashtirish bo'yicha ko'rik-tanlov o'tkazilishi yaxshi an'anaga aylandi. Erta bahordan joylarda oilalarning turmush madaniyati darajasi, hovli, ko'cha, mahallani qanday tutishi bilan tanishish boshlanadi. Keyin tuman va shaharlarda eng yaxshilar aniqlanadi. Yakunlovchi viloyat bosqichi Mustaqillik kuni arafasida o'tkaziladi, xabar beradi UzA.

Tanlov doirasida joylarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo'yicha loyihalar amalga oshirilmoqda, madaniy-maishiy obyektlar bunyod etilmoqda, hashar yo'li bilan mahalla guzarlari qurilmoqda. Hududlar tozalanmoqda, bog' va gulzorlar yaratilmoqda. Bu ishlarda nafaqat ijro hokimiyati organlari, balki homiy tashkilotlar, tadbirkorlar, xalq hunarmandlari ham ishtirok etmoqda.

Xayrli ishlar bu bilan cheklanib qolmayapti. Tanlov nizomida ijodiy jihatga ham katta e'tibor qaratilgan. Andijondagi Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida folklor ansambllar va ijodiy jamoalar konsertlari o'tkazilmoqda.

- Bu an'anaviy tanlov eng uzoq aholi punktlarini ham obodonlashtirishga yordam bermoqda, - deydi "Mahalla" jamg'armasining viloyat bo'limi raisi O'ktamjon Haydarov. - U katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega: turmush madaniyatini oshirish, sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini yaratishga yordam beradi. Bu ko'nikmalar asta-sekin odatga aylanadi, keyin esa zarurat bo'lib qoladi. Jumladan, tanlov tufayli gulchilik aholi orasida keng tarqaldi, issiqxonalarda bananlar, ananaslar va respublikamiz tabiiy sharoiti uchun xos bo'lmagan boshqa ekinlar yetishtirilmoqda.

Ko'rik-tanlov g'oliblarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ularga pul mukofotlari beriladi.

Категория: Новости--Yangiliklar | Просмотров: 1051 | Добавил: shera
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Приветствую Вас MexmoN

Календарь новостей
«  Июнь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Поиск
Друзья сайта

Diqqat!
Agarda kimda kinolar ko'rsatmasa! U holda Online kinolarni ko'rishlik uchun Mozilla Firefox yoki Opera dan foydalaning va albatta kinolarni muammosiz ko'rish sharafiga ega bo'lasiz!! 

Внимание!
У кого не загружаются фильмы, скачиваем и устанавливаем браузер  Mozilla Firefox или Opera через него все работает!!
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Copyright MyCorp © 2024