Главная | Регистрация | Вход
-:::_-Shera Universal PorataL-_:::-
Меню сайта
Категории каталога
Islom Dini Haqida [4]
Islomiy Dunyo [5]
Islomiy Harhil Videolar [18]
Mashxur Qorilar Qiroati [0]
KITOBLAR [5]
Mo'jizalar [5]
Hadisi Sharif [2]
Форма входа
Приветствую Вас MexmoN
Поиск
Друзья сайта

Diqqat!
Agarda kimda kinolar ko'rsatmasa! U holda Online kinolarni ko'rishlik uchun Mozilla Firefox yoki Opera dan foydalaning va albatta kinolarni muammosiz ko'rish sharafiga ega bo'lasiz!! 

Внимание!
У кого не загружаются фильмы, скачиваем и устанавливаем браузер  Mozilla Firefox или Opera через него все работает!!
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Мини-чат
200
Главная » Статьи » Islom Dini Haqida

В категории материалов: 4
Показано материалов: 1-4

Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам
Bir do‘stimninng kitob do‘koniga borgan edim. U xaridorlar bilan mashg‘ul ekan, bekor turmay deb, qarshimdagi manzarani tomosha qila boshladim. Qator-qator tizilgan qorli tog‘lar. Etaklarigacha oqlikka burkangan. Ostida oltin rangli bir irmoq. Quyosh nuri yalt-yalt aks etib turibdi. Irmoqning bosh qismidan tog‘ yon bag‘irlariga qadar bo‘lgan yerni daraxtlar qoplagan. Old tomon esa rango-rang gul va chechaklar bilan bezangan. O‘zgacha bir go‘zallik manzarasi... Shu keng olamning torgina bir qolipga siqishtirilgan bir parchasini milyardlab insondan bittasi sifatida tomosha qilyapman. «U koinotdan bir parcha, men insoniyat olamidan bir parchaman...», deyayotgan edim o‘zimga o‘zim. Do‘stim xaridorlar bilan ishini bitirganidan so‘ng «uzr» degandek so‘rashib, kursiga o‘tirdi. Do‘konda u va men hamda rastalardan kitob izlayotgan bir navqiron qolgan edik. Bu yosh yigitning egniga qalin kurtka va keng shim kiyib olgan edi. Najmurda qiyofatli bu g‘arib shaxs bilan kitob izlash orasida qanday munosabat bo‘lishi mumkin, deya xayolimdan o‘tkazdim. Keyin u navqiron yuzini biz tomonga o‘girib stolga yaqinlashdi. hayron qoldim. Shu paytgacha men erkak deb o‘ylagan bu shaxs, aksincha, qiz ekan. Uning do‘stimdan so‘ragan savoli taajjubimni yanada orttirdi: ­ Menga haqiqatning nima ekanini va hayotning mazmunini, g‘oyasini tushuntiradigan bir kitob kerak. qaysi kitobni menga tavsiya eta olasiz? Do‘stim menga qarab, bu xususdagi qanoatimni so‘radi. Avval bunday mavzuga qiziqishi borligidan u qizni qizg‘in taqdirladim. Keyin: ­ Bu kitobni shu onda topib berish yoki bermaslik muhim emas,­ dedim. ­ Bugun bo‘lmasa, ertaga toparsan. Ammo buni hech o‘ylamasdan yashayotganlar, yetmish-sakson yoshga yetsalar ham, oh-voydan, afsus-nadomatdan boshqa biron narsa topa olmaydilar. So‘ngra turib rastalardan bir kitobni tanlab, unga berdim. ­ Hozircha shuni diqqat bilan o‘qib tur. Kerak bo‘lsa, boshqa birini yana tavsiya etaman,­ dedim. Do‘stim kitobni o‘rar ekan, qiz menga qarab: ­ Kechirasiz, mumkin bo‘lsa kasbingizni so‘rasam bo‘ladimi?­ dedi. Sotuvchi do‘stim menga fursat bermasdan kimligimni aytib qo‘yaqoldi. Yosh qiz bir muddat o‘ychan qarab turdi-da, shubha va taraddudli nazarlarini menga yo‘naltirib: ­ Nima desam ekan... haligi...­ dedi-da, yana jim qoldi. Unga fursat bermoq uchun: ­ Tortinma, men sening akangdekman yoki muallimlik jihati bilan otang hisoblanishim mumkin. Agar senga foydali bo‘la olsam, buni mamnuniyat bilan bajaraman,­ dedim. Qizning yuzida umid uchqunlari paydo bo‘la boshladi. Lekin taraddudlaridan hali to‘liq voz kecha olmagan ham edi. Men so‘zimda davom etdim: ­ Modomiki biron narsalar o‘rganmoqchi ekansan... Meni esa, muammolaringni hal qila oladigan odam deb o‘ylayotgan ekansan, garchi men unday odam bo‘lmasam ham, sen bu qanoating taqozosi o‘laroq mendan barcha savollaringni kamchiliksiz so‘rashing lozim. Dardingni ochiq o‘rtaga qo‘ymasang, senga loyiq tarzda foydali bo‘la olmayman. Hamma savolingga javob bera olaman degan da’vo qilmayman. Ammo bilmaganlarimni o‘rganib yoxud murojaat qilishing mumkin bo‘lgan kitoblarning nomini ayta olaman. Qiz o‘zini sal bemalol his qila boshladi. ­ Yaqinda men bu shahardan ketaman, ­ dedi. ­ Diplomimning imzolanishini kutyapman. Savollarimni yozib shu yerga tashlab ketsam, menga javob yoza olasizmi? Unga qo‘limdan kelganicha harakat qilishimni aytdim. Hayajon va umid to‘la, titroq bir ovozda tashakkur bildirib, «Xo‘p, xayr», deya eshik tomon yurdi. Endi tashqari chiqayotgan paytda: «Bir daqiqa», deya to‘xtatdim. ­ Bir narsani aytib qo‘ymoqchi edim. Fikrlaringga bu bir turtki bo‘lar. Qisqagina aytaman, nasib bo‘lsa, keyinchalik tafsilotini yozishga harakat qilaman. Qizning roziligini olgach qarshimdagi boyagi manzarani ko‘rsatib: ­ Shu rasmni ko‘rayapsanmi?­ deb so‘radim. ­ Ha, ­ dedi. ­ U rasmdagi tog‘lar haqiqiy tog‘, daraxtlar haqiqiy daraxtmi? ­ Ha, ­ dedi u va ilova etdi: ­ Bu bir fotosurat. Bo‘yoqli rasmga hech o‘xshamaydi. ­ To‘g‘ri aytding, ­ dedim, ­ Zotan ostiga ham kichik harflar bilan qaerning fotosurati ekani yozilgan. hozir sen o‘sha yerga borsang, u chamanzorlarda o‘tirib, u tepaliklarni tomosha qilib, daraxtlarning soyasida dam olishing mumkin, to‘g‘rimi? Qiz maroqli va o‘ychan tarzda «ha» ma’nosida boshini qimirlatdi. ­ Endi shu do‘konda yuzlab bo‘yoqli rasm va manzaralar borligini faraz qilaylik. Ulardagi daraxtlarni, tog‘larni, suvlarni «haqiqiy» deya olasanmi? U daraxtlarning soyasida o‘tirib, u quyoshdan foydalana olasanmi? Bir narsalarni his etgandek, ko‘zlarida sal-pal umid uchqunlari bilina boshladi. ­ Yo‘q,­ deb javob berdi. ­ Ana ko‘rdingmi, aytilgan har qanday so‘z, ilgari surilgan har qanday fikr yo bir haqiqatga tayanadi, yoxud aytgan shaxsning o‘z qanoatining asari, shaxsiy tushunchasining mahsuli bo‘ladi. Bu holda, o‘zgarmas va barqaror, sobit bir haqiqat bo‘lmog‘i lozimki, fikrlar unga muvofiq bo‘lgani muddatcha to‘g‘ri, undan uzoqlashgani nisbatda yanglish bo‘lsin. Haqiqat o‘zgarmaydi. Zotan o‘zgaradigan narsalarga haqiqat deyilmaydi. Har bir fikr bu asos orqali o‘lchanishiga ko‘ra, u o‘zgarmas haqiqatni qaerdan va qanday izlaymiz? Bu mavzu haqida bir oz bosh qotirishingni istayman. Keyinchalik bir-birimizni yanada yaxshiroq anglashimiz uchun foydali bo‘ladi deb o‘ylayman. Qiz bir muddat o‘sha suratga qarab turdi. Go‘yo surat bilan aloqasi unga boqmoqdan iboratdek, lekin o‘zi butunlay o‘zgacha bir olamda aylanib yurgandek edi. Xiyla vaqtdan keyin hech qanday fikr bildirmasdan juda samimiy ravishda tashshakkur bildirib, do‘kondan chiqib ketdi. O‘sha kuni kech soatlarga qadar u qizning ibrat beruvchi ta’siridan xalos bo‘la olmadim. Ertasi kuni ham tez-tez o‘sha voqeani xotirlab turdim. Uning nimalarni so‘rashi yoki bu savollarga qanday javob berishim unchalik muhim emas edi. «Asl muhimi, bu qiz va bunga o‘xshash yuzlab yoshlarning ruh olamlarida necha-necha iztiroblarning avj olgani va bularga keragicha qo‘l uzatilmaganidir», dedim o‘zimga o‘zim.
Islom Dini Haqida | Просмотров: 2250 | Добавил: shera | Дата: 25.06.2008 | Комментарии (0)

Islom Dini Haqida | Просмотров: 2441 | Добавил: shera | Дата: 25.06.2008 | Комментарии (0)

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu hurmatli forumdoshlar!
Men bu mavzuda ko'pdan beri o'ylab yurardim.
Bu mavzuni ochishimga sabab shuki,Muqaddas dinimizga "arabcha raqslar" degan sharmandali raqslarni oshno qiluvchilar anchagina ekanligiga amin bo'lishimdir.
Ma'lumki, har bir millatning o'ziga xos urf -odatlari,e'tiqodi,shu e'tiqodiga ko'ra madaniyati mavjud.
Shu madaniyatlarning hammasi ham Islom madaniyatiga munosib bo'lolmaydilar.
Garchi arab diyorlaridagi turli madaniyatlar shakllanib,bir-biriga uyqosh bo'lib ketgan bo'lsada,buning mahsuli Islomiy madaniyat deb aytishga hech kimning haqqi yo'q.
Arablarni Islomga to'liq rioya etadilar deb hech kim kafolat berolmaydi.Shuningdek,agar Islom dini Arablar diyoridan dunyoga yoyilgan bo'lsada,hozirgi arablarning ajdodlari bir vaqtlar Buyuk Islom uchun jon berib, Islomning nufuzini ko'tarishda,ham amaliy ,ham nazariy hissa qo'shgan bo'lsalarda,ularning avlodlari ham xuddi o'sha paytdagi ajdodlaridek shunday qiladilar deb aytolmaymiz.
Shundan kelib chiqib,hozirgi kunning eng og'riqli nuqtalaridan bo'lib borayotgan, sahnalardagi "Arabcha raqs" deb atalmish qabohat mash'alalari to'g'risida noto'g'ri tushunchaga ega insonlarga ,to'g'ri tushuncha berishlikni o'zimizga farz deb bilsak yaxshi bo'lardi.
Sir emas,barchamiz guvohmiz,keyingi yillarda ,koncert dasturlarida,albatta repertuarni kamida bitta "arbcha raqs" bilan boyitish urfga aylandi.
Astag'furulloh, sahnada deyarli qip-yalang'och qizlar qarashga uyatli harakatlarni, xuddi hech nima bo'lmagandek ,erkin bajarib, bundan zavq olib qiyqirayotgan ayrim, "xo'rozchalarning" ," dillarini shod etadilar".
Koncertlarga aynan shu raqslar uchun tushuvchilar ham yo'q emas.
Endi tasavvur qiling, onangiz,yoki singlingiz,yoki qaysidir yaqin kishingiz bilan koncertga tushdiz, orada birdan shunaqa jirkanch sahna ko'rinishi to'g'ri keldi.Nima qilishga bosh qotib,uyatdan portlab ketgiz keb qoladi.
Achinarlisi, bu koncertlarda tasvirga tushirayotgan operatorlar, ko'pincha tomoshabimlar orasidan, hijobli, do'ppili,nuroniy kishilarni ko'proq suratga olishga harakat qiladilar. Bu menimcha shu orqali shunaqanggi bema'nichiliklarni, ommaga ijobiy ko'rsatish bo'lsa kerak.Chunki Hijobli,Do'pili insonlar kishilar nazdida eng yaxshi islomiy ilmli kishilar bo'lib tuyuladilar.Bu bema'nichiliklarni ular tomosha qilyaptilarmi,demak islomga to'g'ri kelsa kerak deb o'ylashadi.
Arabcha raqslar o'zi qaerdan olindi,qanday qilib ommalashgan bu raqs turlari.?
Payg'ambarimiz to Islomni olib kelgunlaridan oldingi zamonlarda ,bu jirkanch raqslar,ya'ni ayol avratini ko'z-ko'z qilib,halq oldida,erkaklar orasida o'ynab yurishlari odatiy hol bo'lib,uyat hisoblanmagan.
HazratiPayg'ambarimiz bu noma'qulchiliklarga Islom orqali chek qo'yganlar,va ummatlariga ayol kishining mumkin bo'lgan,va mumkin bo'lmagan haq-huquqlariyu, ishlarni belgilab berganlar.Ayollar yuzlari va ikki kaftlari ochiq bo'lish huquqlariga ega bo'ldilar.
Hozirgi kunda ommalashgan arab raqslari esa,Islomdan oldingi kofir,mushriklarning ko'ngilochar raqslari bo'lgan.
Afsuski bu raqs turini musulmoniy deb biluvchilar juda ko'p ekan.
Men bir kichkina so'rov o'tkazdim,( men ko'pincha bir munozarali narsaga ,fikrga duch kelsam,shunday qilaman:PS)
20 kishining fikrini tingladim.Ulardan 10 tasi 20-35 yoshlilar, 10 tasi esa 40 yoshdan yuqorilar.
Yoshlardan 6 kishi arabcha raqslarni shunday qabul qilishgan ekan:
--arabcha raqslar Arabistondan kelgan,demak bu raqslar musulmoncha.
3 kishi:
---yo'q,bu musulmoncha emas
faqat bir kishi:
----umuman bilmayman bu haqda
degan javoblarni berishdi.
Kattalardan esa.
8 kishi :
---Yo'q bu arabcha raqslar musulmoncha emas,kofirlarniki,
2 kishi esa:
--anig'ini bilmayman
javoblarini berishdi.

Bu natijalarni tahlil qilib ko'rsak, bu insonlarning aksariyati bu turdagi raqslarga o'ta ijobiy yondoshishadi.Bu yana islomiy bilimlarning halqimiz orasida o'ta tanqisligidadir.
Yana bir eng achinarli hodisa shuki,shunaqa raqslarni ijro etuvchi"xonimchalar" el orasida "mashhur" bo'lib, to'y-tomoshalar ularsiz o'tmayapti.
Bu allaqachon modaga chiqib bo'ldi.
achinarlisi, eng mashhur xonandalarimizning koncertlarida, to'ylardagi chiqishlarida bemalol shunaqa raqqosalar eng markaziy o'rinlarda bo'lib qolishdi.
Oila a'zolariz bilan shunaqa koncert yoki tomosha,to'ylarga borib qolsayiz,shu hayosiz holatlarga duch kelsayiz, nima bo'ladi?
afsuski negadir bu illatga qarshi choralar ko'rilmayapti,yoki natijalar ko'rinmayapti.
Bunga qarshi ommaviy targ'ibot ishlari olib borilsa yaxshi bo'lardi. ty da, radiolarda.
Sizning bu to'g'ridagi fikringiz nima, azizlar, forumdoshlar?
Hadislardagi ibratli rivoyatlardan keltirsangiz bu to'g'rida.

Islom Dini Haqida | Просмотров: 3387 | Добавил: shera | Дата: 25.06.2008 | Комментарии (0)

Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, ularning orasiga o'zlaridan bo'lgan, ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, kitob va hikmatni (Qur'on va Hadisni) o'rgatadigan va ularni poklaydigan bir payg'ambarni yubor! Shubhasiz, sen qudrat va hikmat sohibisan! (Baqara surasi, 129-oyat)
[i]
Islom Dini Haqida | Просмотров: 3805 | Добавил: shera | Дата: 21.06.2008 | Комментарии (0)